Qoraboğda yana uruş böladimi? Boku va Yerevan bir-birini ayblab, köz qiri bilan Moskvani kuzatmoqda
|16:36 / 14.08.202221 14315 min
Ikkinçi Qoraboğ uruşi deyarli ikki yil avval yakunlangan bölsa-da, hududni tinç deb bölmaydi. Ötgan hafta kuzatilgan navbatdagi eskalatsiya vaqtida har ikki tomondan harbiylar halok böldi.
Oxirgi uruşdan keyin tomonlar uç tomonlama şartnoma imzolaşgandi. Qoraboğga rus harbiylari kirişi bilan vaziyat tinçiganday bölgandi, ammo hudud butkul tinçib ketmayapti. Yuqori darajada muzokaralar ötkazilgan bölsa-da, azaliy tortişuv baribir böy çiqarib turibdi. Xöş, Qoraboğ nega tinçimayapti? BBC mintaqadagi holatni yaxşi biladigan ekspertlarning bu boradagi fikrlari bilan qiziqdi.
Uruşdan keyingi kelişuv tomonlarga Qoraboğdan Armanistonga muqobil yöl quriş majburiyatini yuklagan. Fotoda: 2020 yil noyabr. Loçin şahridagi armanistonlik ayol rossiyaliklar zirhli texnikasi oldida
KAREN MINASYAN/GETTY IMAGES
Mojaro qay holatda?
Hozirgaça Armaniston va Ozarboyjon örtasida ikkita yirik uruş bölib ötgan. 1990-yillardagi birinçi uruşda ruslar yordami bilan Armaniston ğolib bölgandi. 2020 yil 27 sentabrda Ikkinçi Qoraboğ uruşi boşlandi. 44 kun davom etgan uruşda obdon tayyorlangan ozarlar ğalaba qilib, tarixan öziga tegişli bölgan Qoraboğning ança qismini qaytarib olişdi.
Har ikki tomondan ham minglab askarlar ölavergaç, 2020 yil 10 noyabrga borib Rossiya vositaçiligida sulh imzolanadi. Unga köra armanlar Qoraboğ atrofidagi ba’zi hududlarni ozarlarga topşirdi. Qoraboğ hududiga esa Rossiya askarlari kirdi. Ular ikki mamlakat askarlari kesişadigan front çiziqlarida patrullik qiliş vazifasini zimmasiga oldi.
Öşa uruşda Ozarboyjon tomoni qator tumanlar va şaharlarni qaytarib oldi. Ayniqsa Qoraboğning tarixiy poytaxti Şuşaning qaytarilişi strategik ğalaba bölgandi.
Loçin koridori qayerga olib boradi?
Hozirda Qoraboğ va Armanistonni Loçin koridori nomini olgan yöl boğlab turibdi. Bu yöl Ozarboyjonning Qoraboğdan taşqaridagi Loçin viloyatidan ötadi. Bu hududni armanlar birinçi uruş vaqtida egallab olgan. Hozir yölni rus qöşinlari nazorat qiladi.
Imzolangan sulhga köra, uç yil içida Armaniston Loçinni undagi yöl bilan birga Ozarboyjonga qaytarişi kerak. Qoraboğlik armanlar esa Armanistonga boşqa yöl orqali borişi belgilanadi. Bu yöl hali qurilgani yöq. Boku armanlarni bu kelişuvni bajarmaslikda ayblaydi. Çunki yölning Ozarboyjon qurişi kerak bölgan qismi allaqaçon qurib bitkazilgan.
Mavzuga oid
3 avgust kuni oradagi vaziyat navbatdagi marta keskinlaşgan bir vaqtda Armaniston Xavfsizlik kengaşi kotibi Armen Grigoryan arman tomoni heç qanday yöl quriş böyiça kelişuvga erişmagani, şu uçun Ozarboyjonning Loçin böyiça talablari asossiz ekanini iddao qildi. Ammo 4 avgust kuni Armaniston hududiy boşqaruv va infatuzilma vaziri Gnel Sanosyan Loçindan ötadigan yölga muqobil bölişi kutilayotgan yöl qurilişi jadal ketayotgani, keyingi yil bahorigaça işlar tugaşini aytdi.
Armanistonlik jurnalist Mark Grigoryanning fikriça, mavjud yölni qoldirib, Loçinga Ozarboyjon fuqarolarini qaytariş foydaliroq bölardi. «Hozirgi kabi segregatsiyaga (ayirmaçilik) intiliş yaxşi emas», deydi jurnalist. U Qoraboğdagi yöllardan biri ham ozarlarga, ham armanlarga xizmat qilayotgani, ruslar nazorat qilayotgan öşa yölda yozuvlar uçta tilda (ozar, arman va rus) yozilganini misol qilib keltirgan.
«Bitta yöldan foydalanişga ruxsat beriş kerak. Qöyib bering, yöl böyida ozarlar çoyxona, armanlar qahvaxona qurişsin», deydi jurnalist.
Ozarboyjonlik huquq himoyaçisi Orzu Abdullayevaning fikriça, Qoraboğdagi holat xalqaro monitoring markazlari tomonidan örganilsagina odamlar murakkab holatdan qanday çiqib ketişi böyiça yöl topilişi mumkin.
Nega qon tökildi?
Ozarboyjon va Armaniston örtasidagi voqealarni doimiy kuzatib boradiganlar ham oxirgi keskinlik nima sababdan kelib çiqqani haqida faqat taxminlarni gapirişi mumkin. Çknki bu borada tahlil qiliş uçun yetarli ma’lumotning özi yöq.
Orzu Abullayeva oxirgi keskinlikda Rossiyani ayblamoqda. «Ozarboyjon Rossiyaning iştirokisiz istehkom qurib öt oçolmagan bölardi», deydi huquq himoyaçisi. Uning fikriça, Rossiya navbati bilan har ikki tomonga ta’sir qiliş orqali hududda örnaşib qolmoqçi.
Ozarboyjonning Qoraboğda arman kuçlariga sönggi hujumlarini ayrimlar muzokaralarni tezlaştiriş uçun Armanistonga bosim ötkaziş metodi deb hisoblaydi. Foto: Ozarboyjon mudofaa vazirligi
Armanistonlik jurnalist Mark Grigoryanning aytişiça, arman tomoni çindan muqobil yöl qurilişini ortga surmoqda, ozarlar esa bu iş tez bitişiga undamoqda. «Odatda bir tomon narigi tomon ortga tisarilişini istasa, mana şunday harbiy metodlar qöllanadi. Har bir sodir bölgan mojaro esa Aliyevning pozitsiyasini mustahkamlab boraveradi: goh biror tepalikni olişadi, goh biror orolni», deydi arman jurnalisti.
Qoraboğ voqealarini çuquq örganadigan ozarboyjonlik tarixçi Orif Yunusning aytişiça, bahorda ikki davlat yetakçilari Bryusselda uçraşuv ötkazgaç, Bokuning pozitsiyasi ança tinçlikparvar bölib qolgan, ammo Qoraboğga Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov borgaç, vaziyat özgargan. Ma’lumot uçun, Lavrovning otasi arman millatiga mansub bölgan.
Tarixçining fikriça, Boku Moskva bilan maslahatlaşmay heç nima qilmaydi, Rossiya esa mintaqa doimiy notinç bölişini istaydi. «Bu mojaroda uçta tomon bor. Uçinçi tomon bölmiş Rossiya uçun qolgan ikki davlat muşt tuşiradigan boks qopiga öxşaydi», deydi Orif Yunus. Uning fikriça, Rossiya uçun hudud notinç bölib turgani şuning uçun yaxşiki, Qoraboğ tinç bölsa, tomonlar qaçondir «Şoşmang, Gyumridagi Rossiya harbiy bazasi va Qoraboğda rus harbiylari nega kerak özi?» deb qolişi mumkin.
Armanistonlik ekspert Olesya Vartanyanning fikriça, Boku Yerevanga ortiqça bosim ötkazib, Qoraboğdagi armanlar xavfsizligi böyiça talablardan voz keçilişiga intilmoqda. Şuningdek, ekspert Armaniston rasman Ozarboyjonning hududiy yaxlitligini tan olişga tayyorligini eslatgan. Ozarboyjon ğolib tomon ölaroq Rossiya vositaçi bölgan sulhda aynan mana şunday talabni qöygandi. Ekspertning fikriça, Ozarboyjon bu talabning bajarilmasligi nima oqibatlarga olib kelişi mumkinligidan armanlarni ogohlantirayotgandek.
Rossiyalik tinçlikparvar kuçlar Toğli Qoraboğni manalardan tozalaş işlarini faol davom ettirmoqda.
Foto: RUSSIAN EMERGENCIES MINISTRY
Ozarboyjonning beş talabi
Tinçlik kelişuvi imzolanayotganda Ozarboyjon tomoni 5 ta punktdan iborat taklif rejasini ilgari surgan. Armaniston Xavfsizlik kengaşi kotibi Armen Grigoryan Qoraboğ masalasi hududiy mojaro emasligi, asosiy masala u yerdagi armanlarning xavfsizligi ekanini aytib, bu bilan qaysidir ma’noda Armaniston tomonining ortga çekinganini ifoda etgandi. U Ozarboyjon ilgari surayotgan talablarning heç biri qabul qilib bölmaydigan emasligini qöşimça qildi.
Ozarboyjonning beş punkdan iborat takliflari quyidagilar:
özaro hududiy yaxlitlik va suverenitetni tan oliş;
özaro hududiy da’vo yöqligini tasdiqlaş;
kuç işlatiş va tahdid qilişdan tiyiliş;
davlat çegaralarini delimitatsiya va demarkatsiya qiliş;
transport kommunikatsiyasini oçiş.
Yerevan tan olinmagan Toğli Qoraboğ respublika sifatida şakllanişi, u yerda mustaqillik böyiça referendum ötkazilişi kerakligini aytib keladi. Hududda köpçilik armanlar yaşagani uçun natija qanday bölişi deyarli aniq – bunday holatda katta ehtimol bilan Qoraboğ Ozarboyjondan ajralib çiqadi. Boku esa Toğli Qoraboğ degan toponimning özini unutiş kerak deb hisoblaydi. Ozarlar hududdagilarning hatto avtonomiyaga ham haqqi yöq degan fikrda.
Armaniston tomonida hududga da’vo qiliş imkoni qolmagani mamlakat boş vaziri Nikol Paşinning bahordagi çiqişidayoq aniq bölgandi. «Avvallari Qoraboğ böyiça gapirganda hududning statusi haqida gapirgan bölsak, endi xavfsizlik kafolati va huquqdan kelib çiqqan holda gapiramiz», degandi Paşinyan.
Ikkinçi Qoraboğ uruşi yakunlangaç, Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev ğalaba haqida e’lon qilar ekan, Nikol Paşinyanni kalaka qilgan va «Status nima böldi, Paşinyan? Görga ketdi, status» degandi.
Qurolli odamni qanday ataş kerak?
Hozir tomonlar tilga olayotgan asosiy ikki masala Loçin koridori va Qoraboğdagi arman askarlari masalasi bölib turibdi.
Yaqinda Armaniston Xavfsizlik kengaşi mamlakat harbiylari Qorboğni sentabr oyida tark etişini ma’lum qildi. Ammo 4 avgust kuni Ozarboyjon Taşqi işlar vazirligi arman askarlarini olib çiqiş böyiça kelişuv bajarilmayotgani, bu esa uçtomonlama tinçlik kelişuviga zid ekanini aytib, Yerevanni ayblab çiqdi.
Şuningdek, Ozarboyjon TIV Qoraboğda bölib turgan rus askarlarini hududdagi Armaniston askarlari ular uçun xavf tuğdirişidan ham ogohlantirgan.
Ozarboyjon Qoraboğdagi infratuzilmalarni tiklaş bilan şuğullanmoqda va ekspertlar fikriça, xavfsizlik muammosi bölmasligini istaşadi. Fotoda: Fuzuliydan Şuşaga yöl qurilişi.
Foto: VALERY SHARIFULIN/TASS
Xuddi şu kuni Armaniston boş vaziri Nikol Paşinyan Toğli Qoraboğda mamlakat harbiylari qolmaganini aytdi.
«U (Aliyev) nafaqat bizga böysunadigan harbiylarni, balki Toğli Qoraboğ armiyasini ham qurolsizlantirmoqçi. Agar buni eplasa, Qoraboğ töliq ozarlarga ötadi. Armaniston esa buni xohlamaydi, çunki armiya qurosizlansa, Qoraboğdagi armanlar Ozarboyjon hukumatiga işonmagani uçun hududni taşlab qoçişi mumkin», deydi Mark Grigoryan.
«Nega Ozarboyjon hududida qurolli odam bölişi kerak? Axir bu rasmiy tuzilma emasku. Agar rasman harbiylar olib çiqilsa, qölida qurol bilan qolganlar terrorçilardir», deydi ozarboyjonlik huquq himoyaçisi Orzu Abdullayeva. Uning fikriça, ikki tomon ham kuç işlatişdan tiyilişi mumkin, qaçonki hududni BMT yoki Yevropa Kengaşi kabi xalqaro taşkilotlar nazorat qilsa.
Bunga Ukrainadagi uruşning nima aloqasi bor?
«Rossiya hozir Ukraina bilan ovora bölib qolgan, şu sabab ozarboyjonliklar rus harbiylari köz öngida ham keskinroq harakat qilişi mumkin», deydi Eurasianet naşrining Kavkaz bölimi muharriri Joşua Kuçer.
Olesya Vartanyan ham şunga yaqin fikrda. Uning aytişiça, oxirgi vaqtlarda Bokuning öziga işonçi keskin oşgan.
«Dunyo hamjamiyati Rossiyani qöllaydigan ahvolda emas. Şunday ekan rus tinçlikparvar kuçlari haq deydigan odamni topiş ham amrimahol. Ozarboyjonning eng yaqin ittifoqçisi Turkiya rus – ukrain muzokaralarida ham juda muhim figuraga aylanib borayotgani esa Bokuning işonçini oşirmoqda», deydi ekspert.
Ozarboyjon Yevropa Ittifoqi uçun rus gaziga alternativ yetkazib beruvçiga aylanib bormoqda. Boku ham öz navbatida bu bozorda ruslarning holati yomonligini körib harakat qiladi. Ekspert Vartanyan mana şu jihatni ham unutmaslik kerak degan fikrda.
Ekspertlar hisoblaşiça, bugungi kunda Ozarboyjonning öziga işonçi ortgan. Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev (öngda), Yevropa kengaşi raisi Şarl Mişel (markazda) va Armaniston boş vaziri Nikol Paşinyan (çapda) 2022 yil aprelida Bryusseldagi uçraşuvdan keyin.
Foto: FRANCOIS WALSCHAERs/GETTY IMAGES
Yana bitta uruş böladimi?
Orzu Abdullayevaning fikriça, ikki yil avvalgi kabi keng kölamli uruş bölmaydi. Çunki buning uçun Armanistonda pul ham, yetarli harbiy kuç ham yöq.
Armanistonlik tahlilçi Mark Grigoryan ham şunday fikrda. Ammo uning fikriça, xalqaro hamjamiyat Ozarboyjonni tiyib turişi mumkin. Xuddi öşa gaz şartnomalari sabab. Ekspertning taxminiça, hududda bölib turgan 2 ming nafar rus askarining birginasi ozarlar tomonidan öldirilişi ham Ilhom Aliyevning Putin bilan munosabatlarini yomonlaştiradi.
«Rus harbiylarida faqat özini himoya qiliş uçungina qurollar bor. Agar hududda nimadir bölsa, ular şunçaki uruş olmaydi. Mahalliy odamlar ularga himoyaçilari sifatida qaramoqda. Ozarboyjon tomoni esa rus harbiylaridan mahalliy guruhlarni qurolsizlantiriş, Loçin koridori orqali qurolli guruhlar kirib kelişini töxtatişini kutmoqda», deydi Olesya Vartanyan.
Ozarboyjonlik yozuvçi Orif Yunus esa kelajakda uruş bölişi mumkin deb öylamoqda. Uning fikriça, Ozarboyjon Qoraboğdagi armanlarni öz tomoniga oğdirib olişga urinib körişi mumkin. Öz navbatida, Boku Qoraboğ armanlari bilan bevosita aloqaga kirişmoqçi ham emas.
«Şunday ekan bizni uzoq va samarasiz davom etadigan muzokaralar kutmoqda. Paşinyan muzokaralarda har qança ortga çekinavermasin, Qoraboğ armanlari Qoraboğ heç qaçon Ozarboyjonga ötişini istamaydigan ruslar himoyasida turar ekan, bu yil emas, kelasi yil emas, uzoq kelajakda yangi uruş albatta böladi», deydi tarixçi.
Uning fikriça, bu holatda yagona yeçim Rossiyaning Ukraina bilan uruş oqibatida çindan kuçsizlanişi böladi. Tarixçi ruslar uruşda yengilib kuçsizlansa, Janubiy Kavkazdan çiqib ketişiga umid qilmoqda.
Tomonlar nima xohlamoqda?
Orzu Abdullayeva har ikki tomonning maqsadi farqli ekanini afsus bilan tilga oldi. «Boku öz yerini qaytib olişni, rus harbiylari Ozarboyjonni tark etişini istaydi. Armaniston ham Rossiyaga boğlanib qolişni istamaydi, ammo Toğli Qoraboğni ham berib qöymoqçi emas. Ayniqsa qoraboğlik armanlar buni istamaydi», deydi Abdullayeva.
Armanistonliklar hamon uruşdagi mağlubiyatdan öziga kela olmaydi va köplar bunda mamlakat rahbariyatini ayblaydi
Foto: ALEXANDER PATRIN/TASS
Huquq himoyaçisining fikriça, Ozarboyjon Ğarb bilan öz köprigini örnatmoqçi. Mamlakat iqtisodiy va huquqiy masalada Yevropa bilan yaqinlaşişni istaydi.
Tarixçi Orif Yunusning fikriça, tomonlar muammoni zamonaviy odamlarday hal qiliş ustida köproq boş qotirişi kerak. Uning aytişiça, ikki millat örtasida bir biriga bölgan işonç bölmas ekan, bunga umid qilmasa ham böladi.
«Ozarboyjon Qoraboğ öz tarkibida bölişini, eng yaxşi holatda armanlardan xoli hududga aylanişini istaydi. Balki armanlar ham Ozarboyjon fuqaroligini qabul qilişga rozi bölişi kerakdir. Lekin bunday bölmasa ham, tahdid va repressiyaga yöl bermaslik kerak», deydi tarixçi.
Uning fikriça, Ozarboyjon tomonda bunday ijobiy harakatlar közga taşlanmayapti. Tarixçining aytişiça, Paşinyanning ortga çekinişlari Armaniston tezroq uruş asoratidan qutulişni istayotganidan dalolat.
Oles Vartanyanning fikriça, Ozarboyjon ham tezroq Qoraboğ masalasini yopişni istaydi. Uning aytişiça, Qoraboğdagi armanlar hamon uruş ta’sirida va ular ozarlar bilan yelkama-yelka yaşaş nima ekanini hali-beri qabul qila olişmaydi.
«Afsuski mana şu muhim masalalar örnini siyosiy populizm egallab olgan. Şuning uçun uruşdan qörqiş nimaligini tanasida his qilgan odamar şunçaki ularni tinç qöyişlarini istaydi», deydi Vartanyan.