Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoraqalpog‘istondagi voqealar bo‘yicha tuzilgan komissiya navbatdagi tekshiruvini boshladi
Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2022 yil iyul oyida yuz bergan holatlar va voqealarni o‘rganish bo‘yicha komissiya a’zolari 15 avgust kunidan yana ish boshladi.
Avval, Qoraqalpog‘istonda shu kunga qadar to‘plangan ma’lumotlar har tomonlama o‘rganilayotgani ma’lum qilingan edi.
Navbatdagi o‘rganish obektlari avvalgi o‘rganishlarda shu kunga qadar to‘plangan ma’lumotlar tahlillari asosida tanlanib, ba’zi ma’lumotlar qayta tekshirilishi ham ko‘zda tutilgan.
Bundan tashqari, Qoraqalpog‘istondagi holatlar yuzasidan komissiya a’zolari fuqarolar murojaatlarini muntazam qabul qilmoqda.
Komissiyaning ishchi shtabida fuqarolar qabuli muntazam o‘tkazib kelinmoqda. Olingan har bir murojaat komissiya tomonidan nazoratga olinib, tegishli choralar belgilanmoqda.
Komissiya tashabbusi bilan ishga tushirilgan 1374 qisqa raqamli koll-markaz tomonidan fuqarolarning Qoraqalpog‘istondagi holat va sodir bo‘lgan hodisalar yuzasidan murojaatlari qabul qilinmoqda.
Mavzuga oid
18:00 / 26.08.2025
Mo‘ynoqda otilib chiqqan katta bosimdagi gaz jilovlandi
18:23 / 22.08.2025
Nukus shahrida chang bo‘roni kuzatilmoqda
11:19 / 19.08.2025
Qoraqalpog‘istonda mayning uchun maxsus zona tashkil etilishi mumkin
07:42 / 16.08.2025