17-18 avgust kunlari prezidentimiz ikki Muqaddas masjid xodimi, Saudiya Arabistoni podşohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning taklifiga binoan davlat taşrifi bilan uşbu mamlakatga boradi.

Taşrif dasturiga muvofiq Jidda şahrida oliy darajadagi muzokaralar bölib ötadi. Ularda mamlakatlar örtasidagi köp qirrali hamkorlikni yanada kengaytiriş masalalari muhokama qilinadi.

Alohida e’tibor “yaşil iqtisodiyot”, yuqori texnologiyalar va raqamlaştiriş, innovatsiyalar, kiçik biznes va tadbirkorlik sohalariga qaratiladi.

Sammit yakunida ikki tomonlama hujjatlarning katta töplami imzolanişi kutilmoqda.

Şuningdek, davlat rahbari Saudiyaning yetakçi kompaniyalari, nufuzli xalqaro tuzilmalar – Islom hamkorlik taşkiloti va Islom taraqqiyot banki rahbarlari bilan uçraşuv ötkazadi.

Şu bilan birga, prezident Makkayi Mukarrama va Madinai Munavvarani ziyorat qiladi. 

“Şuni aytib ötiş kerak – uşbu taşrif oxirgi 30 yilda Özbekiston prezidentining Saudiya Arabistoniga birinçi taşrifi böladi” — dedi Şerzod Asadov.