Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda YHXB boshlig‘i nomiga soxta «vizitka» yasalgani ma’lum bo‘ldi
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar IIBB YHXB boshlig‘i polkovnik Rafiq Jalilov nomiga yasalgan tashrif qog‘ozi (vizitka) va “Kobalt” rusumli avtoulov haydovchisi hujjatlari surati tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Foto: Toshkent shahar IIBB
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB boshlig‘i topshirig‘iga asosan tekshiruv o‘tkazildi. Tashrif qog‘ozidagi imzo kim tomonidan bajarilganini aniqlash maqsadida, sudga oid xatshunoslik ekspertizasi tayinlandi. IIV Ekspert-kriminalistik bosh markazi mutaxassislari tomonidan o‘tkazilgan ekspertiza xulosasiga ko‘ra, tashrif qog‘ozidagi imzo Rafiq Jalilov tomonidan emas, balki boshqa shaxs tomonidan bajarilgani aniqlandi.
Hozirda ushbu imzoni bajargan shaxsni aniqlash borasida tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.
IIBB xabarida ta’kidlanishicha, tashrif qog‘ozi hech qanday huquqiy ahamiyatga ega emas hamda rasmiy hujjat bo‘lmagani sababli tashrif qog‘ozi hech kimga muayyan huquq hamda imtiyoz bermaydi.
Bosh boshqarma boshlig‘i tomonidan barcha YHXB shaxsiy tarkibiga yo‘llarda tashrif qog‘ozlarini ko‘rsatish holatlariga keskin chora ko‘rish va bu haqida darhol shaxsiy xavfsizlik boshqarmasiga axborot berish lozimligi haqida ko‘rsatma berilgan.
Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan suratda aks etgan guvohnoma egasi, ya’ni avtoulov haydovchisi, 1991 yilda tug‘ilgan Z.S. so‘nggi bir yil ichida yo‘l harakati qoidalarini buzgani uchun ikki marotaba ma’muriy javobgarlikka tortilgan.
Bundan oldin haydovchilar orasida maxsus “vizitka”lar tarqalgani, YHXX ular soxta ekanini ma’lum qilgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
18:59 / 09.05.2026
Toshkentda o‘yinchoq mashinada avtomobil yo‘lida harakatlangan bolaning otasi javobgarlikka tortildi
11:40 / 04.05.2026
O‘zbekistonda avtomobilni qanday rasmiylashtirish va ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin?
13:55 / 01.03.2026
Eko-stikerni qanday olish mumkin?
10:18 / 19.01.2026