Ukraina buğdoyi yuklangan birinçi yuk kemasi 14 avgust, yakşanba kuni Ukraina Rossiya va Turkiya bilan kelişgan «don yölagi» böylab Istanbulga yetib keldi. Bu haqda Turkiyaning TRT World telekanali Qöşma muvofiqlaştiriş markazi (QMM)ga tayanib xabar berdi. Uning kelgani haqida hozirça rasmiy xabar yöq.
Beliz bayroği ostidagi Sormovsky yuk kemasi 12 avgust kuni Ukrainaning Çornomorsk portidan jönab ketdi. U uç ming tonnadan ortiq buğdoy olib bordi. Reuters agentligining xabar berişiça, kema Istanbul portida tekşiruvdan ötişni kutmoqda.
6 avgust kuni Istanbulga Ukraina makkajöxori yuklangan birinçi yuk kemasi yetib keldi – Panama bayroği ostidagi Navi Star kemasi 33 ming tonna makkajöxori bilan Irlandiyaga yöl oldi. Umuman olganda, bugungi kunga kelib, QMM ma’lumotlariga köra, «don yölagi» doirasida Ukraina portlaridan 18 ta yuk kemasi 438 ming tonnadan ortiq qişloq xöjaligi mahsulotlarini olib çiqib ketgan.
Don eksporti uçun Ukraina portlarining blokadasini tugatiş töğrisidagi kelişuv 22 iyul kuni Istanbulda BMT va Turkiya vositaçiligida RF hamda Ukraina örtasida imzolangan edi. Kelişuv Qora dengizda Ukraina qirğoqlaridan Bosfor böğozigaça bölgan xavfsiz yölaklar yaratişni nazarda tutadi. Ular orqali Ukrainada Rossiya tajovuzi tufayli tösib qöyilgan 20-25 million tonna ğallani olib çiqiş rejalaştirilgan.
Eksport Ukrainaning uçta portidan - Odessa, Çornomorsk va Yujniydan amalga oşiriladi. Yuk kemalarining ötiş xavfsizligini BMT boşçiligida Rossiya, Ukraina va Turkiya vakillari işlayotgan Istanbuldagi QMM nazorat qiladi.
«Don yölagi» töğrisidagi şartnoma imzolangandan bir kun ötib RF QK Odessa portiga raketa hujumi uyuştirdi. Biroq, Ukraina bu don eksportiga tayyorgarlikni töxtatmasligini bildirdi.













