Toşkent şahri, Çilonzor tumanida sodir etilgan daraxtkuşlik katta şov-şuv keltirib çiqardi. Uning sabab va oqibatlari haqida saytimizda ham yozdik.

Afsuski, şu kabi va balki bundan battar yana qança-qança holatlar röy bergan, jamoatçilik xabar topmagani uçun yopdi-yopdi qilib yuborilgan – bu bizga qoronği. Davlat ekologiya qömitasi, ta’bir joiz bölsa, Hollivud filmlaridagi voqealar tugab bölgandan keyin sirena yoqib keladigan politsiyaçilarga öxşaydi – voqealar sodir bölib, tabiatga ziyon yetganidan söng paydo böladi va jarima qöllaydi.

Yaxşiyamki, jamoatçilik bor, oddiy odamlar – jonkuyarlar, ertamiz uçun mas’uliyatni his qiladigan aholi vakillari bor. Va biz jurnalistlar ham jamoatçilik vakili sifatida tabiatga zarar yetkazilişi ehtimoli bölgan joylarni erta aniqlaşimiz, zarar yetkazilgan holatlarda birinçilardan bölib borişimiz va vaqtida ommaga e’lon qilişimiz zarur. Zero, bu loyihalar, qurilişlar va ziyongarçiliklar boşida turgan şahar hokimligi köplab loyihalarni amalga oşirayotganda jamoatçilik bilan hisoblaşmasligi oydek ravşan bölib ulgurdi.

Poytaxtning eng sölim göşalaridan biri, şaharning sanoqli qolgan “öpka”laridan biri sanalmiş Abdulla Qodiriy köçasi böylab çözilgan sayilgoh – alleya neça yillarki şahar aholisining sevimli maskanlaridan. Xalq tilida bu yer “Ganga alleyasi” deyiladi. Bu yerda nafaqat yon-atrofda yaşaydiganlar, balki boşqa tumanlardan ham kelib, dam oladiganlar yetarliça. Bu yerda passiv hordiq çiqariş uçun yetarliça soyasalqin va kislorod bor.

Ana şu quyuq daraxtzor bölmiş maskanda tösatdan rekonstruksiya işlari boşlab yuborildi va bundan köpçilik bexabar ham qoldi. Biz işlar qay tarzda ketayotgani, bu yerda qanday işlar loyihalaştirilganini biliş va eng asosiysi, yana tabiatga zarar yetkaziş holatlari bölmayotganiga işonç hosil qiliş uçun şu manzilga bordik.

Alleyadagi daraxtlarning qurigan şoxlari kesib taşlanib, ularning orasi oçilayotgani, havo aylanişi uçun şaroit yaratilayotgani guvohi böldik. Toşkent şahar ekologiya boşqarmasi boş mutaxassisi Davron Odilovga köra, daraxtlarni butalaş va şakl beriş işlari nazoratga olingan. Obodonlaştiriş boşqarmasi işçilari boşqarmadagi agronomlar nazorati ostida bu işlarni amalga oşirişmoqda. Odilov xiyobondagi 6104 tup daraxt himoyaga olinganini aytdi.