Senatorlar tomonidan “Imom Buxoriy” ordenini ta’sis etiş töğrisida”gi qonun muhokama qilindi.
Ordenni ta’sis etiş töğrisidagi qonun bilan “Imom Buxoriy” ordeni nizomi va uning tavsifi tasdiqlanmoqda. “Davlat mukofotlari töğrisida”gi qonunga tegişli özgartiş va qöşimçalar kiritilmoqda.
“Imom Buxoriy” ordeni ikki darajadan iborat böladi: “Oliy darajali Imom Buxoriy” ordeni hamda “Imom Buxoriy” ordeni. “Oliy Darajali Imom Buxoriy” ordeni “Imom Buxoriy” ordenidan yuqori darajada hisoblanadi.
“Oliy darajali Imom Buxoriy” ordeni bilan ilm-fan va madaniyat, islom ma’rifati rivojiga ulkan hissa qöşgan buyuk alloma va mutafakkirlar hayoti hamda ilmiy merosini örganiş va xalqaro maydonda keng tarğib qilişda katta yutuqlarga erişgani uçun:
- xorijiy davlatlar va hukumatlar rahbarlari;
- xorijiy mamlakatlar parlamentlari vakillari;
- xalqaro taşkilotlar, diplomatik vakolatxonalar, konsullik muassasalari hamda ularga tenglaştirilgan boşqa taşkilotlar rahbarlari va vakillari, xorijiy arboblar va olimlar;
- mamlakat atoqli davlat va jamoat arboblari, diniy-ijtimoiy sohadagi rahbarlar va yetuk ulamolar, atoqli olimlar, adiblar, pedagoglar va ilmiy tadqiqotçilar mukofotlanadi.
- “Imom Buxoriy” ordeni bilan:
- uluğ allomalar ilmiy merosini çuqur örganib, ösib kelayotgan yoş avlodni ajdodlar merosiga hurmat, vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalaşdagi xizmatlari;
- yuksak insoniy ğoyalar va muqaddas qadriyatlarni özida ifoda etgan tarixiy merosni tizimli asosda tadqiq etiş, ulardan diniy ta’lim, ma’naviy-axloqiy tarbiya işlarida foydalaniş maqsadida zarur darslik va öquv qöllanmalari, ilmiy-amaliy tavsiyalar tayyorlaşdagi samarali mehnati;
- mamlakatdagi diniy-ijtimoiy jarayonlar hamda diniy bağrikenglikni ta’minlaş masalalarini örganişga qaratilgan ilmiy-tadqiqot işlarini qöllab-quvvatlaş, tarğibot va taşviqot tadbirlarini ötkazişdagi faoliyati;
- «Jaholatga qarşi ma’rifat» ğoyasi asosida islom diniga nisbatan sodir etilayotgan ğarazli tahdid va harakatlar oldini oliş, bunday xatarlarga qarşi kuraşiş ilmiy-ma’rifiy asoslarini işlab çiqiş hamda amaliyotda qöllaş borasidagi xizmatlari;
- islom sivilizatsiyasi umuminsoniy qadriyatlarini, xalq ma’naviyati va madaniyati rivojida tutgan örni hamda ahamiyatini örganib, ular ilmiy-nazariy va amaliy jihatlarini tadqiq etişdagi katta xizmatlari uçun mukofotlanadi.











