Toşkentda 300 kişiga uy va avtomobil olib berişni va’da qilgan «Rayyona Qutlug‘» MÇJ asosçilaridan biri 4 avgust kuni odamlardan yiğilgan pullar bilan çet elga qoçib ketgani haqida xabar bergandik. Toşkent şahar IIBBning Kun.uz’ga ma’lum qilişiça, uşbu holat böyiça Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi (“Juda köp miqdorda özgalar mulkini özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş”) bilan jinoyat işi qözğatilgan bölib, hozir tergov harakatlari olib borilmoqda.
Aniqlanişiça, korxonaning bir guruh mas’ul şaxslari özgalar mulkini aldov yöli bilan qölga kiritiş maqsadida odamlarni aldab kelişgan. Ular mijozlarini 40 iş kunidan 3 yilgaça bölgan muddatda bölib tölaş imkonini beruvçi şartlar asosida olib, uy va maşina olib berişga işontirişgan va şu yöl orqali fuqarolardan boşlanğiç tölov sifatida ikki milliard sömdan ortiq miqdordagi pulni özlaştirişgan.
Toşkent şahar IIBBning xabar berişiça, «Rayyona Qutlug‘» mansabdorlari mijozlarning işonçiga kiriş uçun bölib tölaş şarti bilan beriladigan uy va maşinalarning yillik tölovi 10 foizdan oşmasligi, şuningdek, tölov keçiktirib tölangan taqdirda ham penya qöllanmasligini aytişgan. Bundan taşqari, firma mijozlariga 40 iş kunida maşina va uy olib berayotgani va sovğa sifatida kir yuviş maşinasi, televizor kabi jihozlar sovğa qilinayotgani aks etgan videolarni internetdagi turli platformalar orqali aylantirib, öz faoliyatini reklama qilib kelgan.
Dastlabki tergov harakatlari davomida «Rayyona Qutlug‘» MÇJ mijozlar bilan 310 ta avtomobil, 52 ta uy olib beriş böyiça şartnoma tuzgan. Şundan 42 ta transport vositasi, 7 ta uy egalariga topşirilgan.
Toşkent şahar IIBB şu firma bilan şartnoma tuzib, unda körsatilgan pullarni bankka tölagan jabrlanuvçilardan özlari yaşaydigan hududdagi içki işlar organlariga yoki 102 qisqa raqamlari orqali murojaat qilişlarini söragan.















