1991 yilda tuğilgan E.E. va 1988 yilda tuğilgan Z.G. 2022 yil 10 yanvar kuni «Rayyona Qutlug‘» nomli mas’uliyati çeklangan jamiyatni taşkil qilib, 1 avgust kuniga qadar faoliyat olib borgan. 

Toşkent şahar IIBB xabariga köra, ular şu davrda fuqarolarga avtomaşina hamda uy-joylarni boşlanğiç tölovni 10 foizdan 50 foizgaça miqdorda tölab, qolgan pullarni 40 iş kunidan 3 yilgaça bölgan muddatda bölib tölaş imkonini beruvçi şartlar asosida olib berişi mumkinligini bildirgan. 

Mijozlarni işontiriş maqsadida ular bilan şartnoma tuzgan. Biroq MÇJ mansabdor şaxslari fuqarolar tomonidan boşlanğiç tölov sifatida tölangan pullarni, dastlabki ma’lumotga köra - 2 000 000 000 (ikki milliard) sömdan ortiq miqdordagi pullarni noqonuniy ravişda özlaştirgan.

Mazkur holat yuzasidan Mirobod tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Jinoyat kodeksi 167-moddasi (“Özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-taroj qiliş”) alomatlari bilan jinoyat işi qözğatilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.