Markaziy Osiyo davlatlararo suv muvofiqlaştiruvçi komissiyasining ma’lumotlariga köra, 2019 yilning iyul oyida Tuyamöyin suv omboridagi suv hajmi 4,4-5,2 kub kilometrni taşkil etgan bölsa, bu körsatkiç 2022 yil iyul oyining birinçi ön kunligida 2,2 kub kilometrgaça yoki 2 barobardan köproqqa kamaygan.

Ketma-ket uç yildan beri suv omborida suv miqdori "ölik sath" atrofida tebranmoqda. Eos.com saytidan olingan suratlarda ham suv hajmi sezilarli darajada ozayganini köriş mumkin.

 

"Tuyamöyin suv ombori Orol böyi akvatoriyasini vegetatsiya davrida suv bilan ta’minlaşda mintaqa joniga oro kirardi.

Hozir esa vaziyat abgorroq. Uçinçi yildirki, Tuyamöyin suv ombori sathi uzoq oylar davomida "ölik sathdan" pastda qolib ketmoqda.

Amudaryo örta oqimida turkmanlarga suv çiqib ketiş hajmi ham yildan yilga kamayişiga qaramay, quyi oqimda vaziyatni nazorat qiliş qiyin keçyapti.

Amudaryo suvining kamayişi oxirgi yillarda tez-tez kuzatilmoqda. 2008, 2011, 2018 va 2021 yillarda daryoda tarixiy kamsuvlilik kuzatilgan. Salbiy tendensiya iqlim özgarişi va mintaqaviy sabablar fonidan yuz beryapti, suvdan notöğri foydalaniş, eskirgan suğoriş usullari, aholi soni ortişi, suv omborlar köpayişi, yirik kanallarda suv oliş hajmining ortişi quyi oqimda vaziyatni oğirlaştirmoqda”, deb yozmoqda gidrometeorolog Erkin Abdulahatov.

2021 yil fevral oyidan beri suv omboridagi suv hajmi heç qaçon 4 kub kilometrdan oşmagan. Oxirgi 1,5 yilning aksariyat qismida suv miqdori ölik hajmdan kam yoki şunga teng bölgan.

Tuyamöyin suv omboridagi suv hajmi, km3. Ölik hajm – 2,55 km3.

Oxirgi 60 yillikda Amudaryo quyi oqimida bir qança salbiy voqealar kuzatilgan: