Töraqörğon issiqlik elektr stansiyasini tabiiy gaz bilan ta’minlovçi magistral gaz quvurida yuzaga kelgan nosozlik maxsus brigada tomonidan bartaraf etilmoqda.

Energetika vazirligi xabariga köra, ta’mirlaş işlari bugun soat 18:00 ga qadar yakunlanişi közda tutilmoqda. Ta’mirlaş işlari yakunlangandan söng, Töraqörğon issiqlik elektr stansiyasi qisqa fursatda işga tuşirilib, elektr energiyasini uzata boşlaydi.

Hozirgi paytda yöqotilgan quvvatni tiklaş uçun Toşkent, Yangi Angren, Sirdaryo IESlari hamda Çorvoq GESdagi zaxira energobloklar işga tuşirildi.

Bundan oldin Töraqörğon IES işi favqulodda töxtatilgani, hududlarda elektr ta’minotida uzilişlar kuzatilişi mumkin ekani xabar qilingandi.