Uzbekistan Airports xabariga köra, bugungi kunda uçib ketiş va uçib keliş zallariga kerakli miqdorda yuk aravaçalari yetkazilgan.
Bir oy oldin Toşkent aeroportida yuk aravaçalari bilan boğliq qiyin vaziyat yuzaga kelgan edi.
“Abadiya Trade xususiy korxonasi oldindan ogohlantirmasdan va şartnoma şartlarini buzgan holda uşbu xizmatni körsatişdan boş tortgan va barça yuk aravaçalarini olib ketgan”, deyiladi xabarda.

Qayd etilişiça, Uzbekistan Airports boşqaruv kompaniyasi mintaqaviy aeroportlardan bir qança yuk aravaçalarini Toşkentga olib kelişga, qisqa vaqt içida mahalliy işlab çiqaruvçidan aravaçalar partiyasiga buyurtma berişga majbur bölgan.
Ayni paytda «Toşkent» aeroporti öz bagaj aravaçalari bilan töliq ta’minlangan. Yaqin kunlarda barça hududiy aeroportlarga yangi xizmat körsatiş aravaçalari keltirilişi aytilgan.

















