Bir muddat avval Qaşqadaryoda sodir bölgan YTH oqibatida sakkiz kişi yonib ketgani haqida xabar bergan edik. Kun.uz muxbiri voqea joyidan reportaj tayyorladi.
Hodisa 15 avgust keçasi A-380 yölining Muborak tumanidan ötuvçi qismida sodir bölgan. Ijodiy jamoa 16 avgust soat 15:00 da voqea joyiga yetib borganida, ikki maşina qoldiqlari butunlay tozalab olingan ekan.
Jabrlanganlar va vafot etganlar haqida rasmiylardan aniq ma’lumot olişning imkoniyati bölmadi. Biroq marhumlarning yaqinlari, voqeaga guvoh bölganlar va şifoxonalardan olingan umumiy ma’lumotlarga köra, hodisa oqibatida jami 8 kişi halok bölgani ma’lum.



Gentra egasi Qamaşi tumanidan bölib, harbiy xizmatçi ekani aytilmoqda. Maşinada u turmuş örtoği va tört nafar voyaga yetmagan farzandi bilan (jami 6 kişi) qaytayotgan bölgan. Voqea oqibatida oilaning biror vakili tirik qolmagan.
Ikkinçi maşinada Muborak tumanidan bölgan abituriyent qiz imtihon topşirib, onasi bilan uyga qaytayotgan bölgan. Maşinalar töqnaşgan paytda u taşqariga otilib ketgan va tirik qolgan. Qizning onasi va Spark haydovçisi yonayotgan maşina içida qolib, halok bölgan.
Qiz ayni vaqtda viloyat bolalar şifoxonasiga olib kelingan. Travmatolog-ortoped Şerali Şodmonov qizning holati hozirça oğir ekanini ma’lum qildi. Uning aytişiça, qiz orqa miya lat yeyişi, boşga qon quyulişi hamda öng son suyagida maydalanib siniş holati bilan şifokorlar nazoratiga olingan. Şifokorga köra, qizning umumiy ahvoli oğir bölsa-da, huşi joyida.
Ma’lumot örnida aytiş mumkinki, uşbu magistral yöl transport harakati uçun yetarli darajada keng. Yölning Koson tumanidan Muborak tumanigaça bölgan qismida bir vaqtning özida törtta maşina yonma-yon harakatlana oladi. Biroq yölning aksariyat qismida öydim-çuqurlik hosil bölgan, asfaltning börtib çiqqan (“garmoşka”) joylari köp.














