Kun.uz muxbiri bilan suhbatlaşgan kompaniya vakilining sözlariga köra, şartnoma beriş töxtatilganiga navbatlar sonining keskin oşib ketayotgani sabab bölgan bölişi mumkin. Kontraktatsiya qaçon tiklanişi noma’lum.

Vaziyatga aniqlik kiritiş maqsadida “Özavtosanoat” axborot xizmati rahbari Zumrad Şojalilova bilan boğlanişga bölgan bir qança urinişlarimiz besamar ketdi.

UzAvtoSavdo_bot ma’lumotlariga tayanadigan bölsak, 18 avgust holatiga birgina Lacetti, Cobalt va Damas avtomobillari uçun qariyb 136 ming kişilik uzun navbat yuzaga kelgan. Kompaniya navbatlarni kamaytirişga bir neça marotaba va’da bergan bölsa-da, amalda buning uddasidan çiqa olgani yöq.

UzAuto Motors 2021 yil 20 dekabridan 2022 yil 1 fevraligaça bölgan muddatda ham Cobalt, Spark, Nexia va Lacetti avtomobillarini sotiş böyiça yangi arizalar qabul qilişni töxtatgandi. Bunga sabab sifatida esa butun dunyo böylab yarimötkazgiçlarni yetkazib berişda uzilişlar yuzaga kelgani körsatilgan edi.