18 avgust kuni Ukraina ğarbidagi eng xavfsiz viloyatlardan biri bölib qolayotgan Lvivda katta diplomatik uçraşuv ötkazildi. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Turkiya yetakçisi Rajab Erdöğan va BMT boş kotibi Antoniu Guterrişni qabul qildi. Uç tomonlama uçraşuvda asosiy masala Ukraina – Rossiya muzokaralari hamda Zaporijjya AES atrofidagi keskinlik böldi.
«Anqara Ukraina tomonda»
Siyosatçilarning qöşma matbuot anjumanida Turkiya prezidenti Erdöğan «Anqara Ukraina tomonda» bölişini aytdi. Turkiya NATOning boşqa a’zolaridan farqli ölaroq Rossiya bilan aloqalarni uzgani yöq, iqtisodiy sanksiyalarga ham qöşilmadi. Ammo Ukrainaga qarşi agressiyani qoralab, rus kemalari uçun Qora dengizdagi böğozlarni yopib qöydi. Anqara uruş holatida bunday qilişga haqli.
Anjumanda Erdöğan ham, Guterriş ham muzokaralarning zarurligini ta’kidlaşdi. Ukraina prezidenti esa Rossiya bilan faqat ruslar egallab olgan joylaridan çiqib ketsagina muzokara ötkaziş mumkinligini aytdi. Erdöğan tez fursatda asirlarni almaşiş böyiça Rossiya prezidenti bilan kelişişga urinib körişga tayyor ekanini aytdi. Şuningdek, Erdöğan Lvivdagi uçraşuv yakunlarini Putin bilan muhokama qilişini ta’kidladi.
Anjumanda yana bir yangilik aytildi. Ukrain OAVlarining yozişiça, BMT boş kotibi Olenivka qamoqxonasidagi portlaşni örganiş missiyasiga braziliyalik general rahbarlik qilişini aytgan.

Guterriş bilan nimalarni gaplaşişdi?
Zelenskiy va Guterriş deyarli kun davomida turli körinişda muloqotlar ötkazdi. Avvaliga Zelenskiy Telegram-kanalida BMT boş kotibi bilan uçraşgani haqida yozdi, ammo tafsilotlarni oçiqlamadi. Keyinçalik Zelenskiy va boş kotib Ukraina donini olib çiqiş masalasini muhokama qilgani ma’lum böldi.
22 iyul kuni Istanbulda BMT taşabbusi bilan Ukrainada töplanib qolgan donni uçta port, xususan Odessadagi port orqali olib çiqişni tiklaş borasida kelişuv imzolandi. Ukraina don yetiştiriş böyiça dunyoda yetakçi davlatlardan hisoblanadi va uruş sabab 22 million tonnadan ortiq tayyor don eksport qilinmay qolayotgan, bu dunyodagi oziq-ovqat zanjiriga salbiy ta’sir körsatayotgandi.
Istanbuldagi kelişuvda vositaçilar ikkita şartnoma imzolaşdi: Rossiya bilan alohida, Ukraina bilan alohida. Şundan keyin Ukrainadan don mahsulotlari eksporti tiklandi. 18 avgust holatiga köra Ukraina portlaridan don ortilgan 25 ta kema suzib ketgan. Guterriş BMT qişda don ortilgan yanada köproq kemalar dengizga çiqişiga yordam berişini aytdi.















