Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dehlida Toshkent tibbiyot akademiyasi vakolatxonasi ochildi
Dehlida Toshkent tibbiyot akademiyasi (TTA) vakolatxonasi ochildi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.
Xorijiy mamlakatlardagi ushbu vakolatxona TTA tarixida birinchi bo‘lib, u akademiyaning Hindistonda oliy tibbiy ta’limni tashkil etish, mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan tibbiyot mutaxassislarini tayyorlash bo‘yicha o‘quv rejalari va dasturlarini ishlab chiqish, ilg‘or tibbiyot muassasalarida TTA rahbariyati va professor-o‘qituvchilari uchun malaka oshirish va stajirovkalar uyushtirish bo‘yicha manfaatlarini himoya qiladi.
Vakolatxona faoliyati doirasida TTA talabalarining Hindiston yetakchi tibbiyot markazlarida amaliyotini tashkil etish rejalashtirilgan. Hindistondan taniqli o‘qituvchilarni taklif etish orqali akademiya pedagogik salohiyatini rivojlantirishga maksimal darajada ko‘maklashishga e’tibor qaratiladi.
Kelgusida Toshkent tibbiyot akademiyasining Janubiy Koreya, Turkiya va Polshada vakolatxonalarini ochish rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
08:39 / 25.02.2026
Dehlidagi universitetda o‘zbek tili bo‘yicha 4 yillik bakalavriat ochiladi
16:10 / 06.10.2025
Tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti immunitet sohasidagi kashfiyotlar uchun berildi
14:42 / 04.10.2025
Toshkent va Dehli o‘rtasida yangi aviareys yo‘lga qo‘yildi
12:50 / 02.08.2025