Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov Rossiyaning Ulyanovsk oblastida sodir bölgan yöl-transport hodisasida qirğizistonliklar halok bölişi munosabati bilan fuqarolarga murojaat qildi. 

"Biz vatandoşlarimiz yöl-transport hodisasiga uçragani töğrisidagi xabarni çuqur qayğu bilan qabul qildik. 

Men halok bölganlarning yaqinlarini tuşunaman va ularga hamdardman, hozir ularga juda oğir. Bunday paytda hamdardlik sözlarini aytiş qiyin. Avariya oqibatida halok bölgan va jarohatlanganlarning qarindoş va yaqinlariga çuqur hamdardligimni bildiraman", - dedi Qirğiziston prezidenti.

Uning sözlariga köra, yöl-transport hodisasida halok bölganlar va jabrlanganlarning oila a’zolari va yaqinlariga yordam körsatiladi.

Japarov bu masalani şaxsan özi nazorat qilişini ta’kidladi.

"Aziz vatandoşlar, bu fojia – butun xalqimizning qayğusi, şu sababli 23 avgustni Qirğiz Respublikasi hududida umummilliy motam kuni deb e’lon qilaman", - dedi Sadir Japarov.

Ulyanovsk oblastida 21 avgust, yakşanba kuni mikroavtobus va ikkita yuk maşinasi töqnaşib ketdi. Nikolayevskiy tumanining Nikolayevka qişloği yaqinida M-5 Ural yölida yöl-transport hodisasi sodir böldi.

IIV oblast boşqarmasi xabariga köra, yuk maşinalaridan birining haydovçisi öz vaqtida tezligini pasaytirmagan va mikroavtobusga borib urilgan.

YTH oqibatida 16 kişi halok bölgan, ularning 14 nafari Qirğiziston fuqarosi. Uç nafar qirğizistonlikning ahvoli oğir deb baholanmoqda. 

Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev uşbu fojia munosabati bilan Qirğiziston prezidenti Sadir Japarovga hamdardlik bildirdi.