Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 07:47 / 23.08.2022
13050
2 daqiqa o‘qiladi
Ayrim xodimlarni ishga qabul qilishda majburiy tibbiy ko‘rik o‘tkaziladi
O‘zbekistonda ish beruvchi qator xodimlarni ishga qabul qilishda va keyinchalik tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni tashkil qilishi shart. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali yozyapti.
Ular quyidagilar:
- 18 yoshga to‘lmaganlar;
- 60 yoshga to‘lgan erkaklar, 55 yoshga to‘lgan ayollar;
- nogironlar;
- noqulay ishlarda, tungi ishlarda, transport harakati bilan bog‘liq ishlarda band bo‘lganlar;
- oziq-ovqat sanoatida, savdo va bevosita aholiga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq boshqa tarmoqlardagi ishlarda band bo‘lganlar;
- maktablar, bog‘chalar va boshqa muassasalarning bolalarga ta’lim yoki tarbiya berish bilan mashg‘ul bo‘lgan pedagog va boshqa xodimlari.
Tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun xodimlardan pul undirilmaydi, tibbiy ko‘riklarni o‘tkazish vaqtida xodim ish joyi (lavozimi) va o‘rtacha oylik ish haqi saqlanadi.
Xodimlar tibbiy ko‘riklardan o‘tishdan bo‘yin tovlashga haqli emas.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
11:58 / 17.10.2025
O‘zbekistonda nohaq bo‘shatilgan 13 ming xodim ishga tiklandi
20:04 / 25.08.2025
AQSh mehnat bozorida Buyuk retsessiya davridagi holat kuzatilmoqda
21:11 / 09.08.2025
Mehnat huquqiga oid farmon: nimalar o‘zgarmoqda?
11:37 / 08.08.2025