UzAuto Motors 2021 yilda bir qança iste’molçilar bilan yangilangan Chevrolet Captiva avtomobilini yetkazib beriş böyiça şartnomalar tuzgan edi. Kompaniyaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifasida Captiva-5'ning QQS bilan qöşib hisoblanganda 221 mln 691 ming sömdan 309 mln 900 ming sömgaça narxda sotuvga çiqarilişi ham e’lon qilingan.
Ammo ma’lum muddat ötganidan keyin UzAuto Motors Captiva-5 avtomobillarini yetkazib beriş böyiça şartnomalar tuzişni töxtatdi. Bunga sabab sifatida esa yangi maşinaning Özbekiston iqlimiga töğri kelmasligi aytiladi.
Oldindan şartnoma imzolagan mijozlarga esa 3 kun içida tölangan barça mablağ qaytarilib, tölovning 5 foizi kompensatsiya qilinişi yoki Captiva-5 örniga Equinox, Tracker, Malibu, Cobalt, Trailblazer kabi avtomobillardan birini olişi mumkinligi ma’lum qilingan.
Ba’zi mijozlar kompaniyaning “çeksiz” uzrini qabul qilişni istamay, özlarining qonuniy xaq-huquqlarini talab qilib, sudga murojaat qilişgan.
Kun.uz holat yuzasidan Öktam Qahhorov va Jamşid Baxşillayevning murojaatlarini örganib çiqdi.
“Qayga borsang bor, senga heç qanaqa maşina ham tölagan puling ham berilmaydi”
Öktam Qahhorovning Kun.uz muxbiriga ma’lum qilişiça, UzAuto Motors xodimlari unga bosim ötkazişib, öz arizasiga köra pulni qaytarib olişni yoki Captiva-5 örniga Damas olişni talab qilişgan.
“Captiva-5 uçun şartnoma beriş boşlanganidan keyin, ötgan yilning 12 oktabr kuni 85 foiz tölovni amalga oşirdim. Şartnomada 2022 yilning 31 mart kunigaça menga avtomobilni yetkazib beriş közda tutilgandi, ammo bunday bölmadi. Şundan söng UzAuto Motors'ning ofisiga bordim. Ular menga: “Öz xohişimga köra, tölagan pulimni qaytarib olaman”, deb ariza yozasan deyişdi. Tabiiyki, men bundan boş tortdim.
Mayli, tölagan pulim evaziga Lacetti-Gentra avtomobilini berasizlar deb aytdim, ammo bu taklifim ham rad etildi va faqat Damas berişlari mumkinligini aytişdi. Murosaga kela olmadik.











