Muloqotda Özbekiston-Amerika hamkorligiga oid qator dolzarb masalalar, avval erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş va bölajak qöşma tadbirlar jadvali muhokama qilindi. Tomonlar siyosiy, diplomatik, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy sohalarda hamda mintaqaviy hamkorlik doirasidagi hamkorlikni çuqurlaştirişga e’tibor qaratdi. Kadrlar salohiyatini rivojlantiriş böyiça qöşma dastur va taşabbuslarni kengaytiriş imkoniyatlari körib çiqildi.
Amerika vakili prezident Şavkat Mirziyoyevning taşqi siyosiy faoliyatini yuqori baholadi. Donald Lu AQŞning iqtisodiy özaro boğliqlikni kengaytiriş, oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlaş va Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiyotini tiklaş böyiça taşabbuslarini har tomonlama qöllab-quvvatlaşini yana bir bor ta’kidladi.
Tomonlar Özbekiston va AQŞ infratuzilma, energetika, transport, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişiga qarşi kuraşiş sohalarida aniq natijalarga erişiş uçun «C5+1» formati doirasidagi hamkorlikni davom ettiriş tarafdori ekanini ta’kidladi.
Uçraşuv yakunida tomonlar ikki tomonlama va mintaqaviy şeriklik sohasidagi hamkorlikda erişilgan muvaffaqiyatlarni qayd etdi, bir-biri manfaatlarini hisobga oliş tamoyillari asosida konstruktiv muloqotni faol rivojlantirişga tayyor ekanliklarini bildirdi.












