Hindiston mudofaa vazirligi Pokiston tomonga tasodifan BrahMos raketasi uçişiga sababçi bölgan uç nafar ofitserni işdan böşatdi. Bu haqda India Today xabar berdi.
Xabarda aytilişiça, ofitserlarning mas’uliyatsizligi natijasida raketa tasodifan parvoz qilgan.
“Mazkur hodisa uçun uç nafar ofitser javobgarlikka tortildi. Ular zudlik bilan xizmatdan çetlaştirildi", - deyiladi mamlakat mudofaa vazirligi xabarida.
Pokiston armiyasining ma’lumot berişiça, şu yilning 9 mart kuni Mian-Çannu şahri hududiga Hindiston tomondan raketa kelib tuşgan. Hodisa oqibatida heç kim jabrlanmagan.
Keyinroq Hindiston mudofaa vazirligi Pokiston tomonga tasodifan raketa otilganini tasdiqladi.
BrahMos raketasi 1998 yilda Hindiston va Rossiya hamkorligida işlab çiqilgan.












