Gizchina portali Xiaomi kompaniyasining jiddiy nuqsonlarga ega eng işonçsiz smartfonlarini ma’lum qildi.

Röyxatni Redmi Note 5, 7, 8, Xiaomi Mi A2 va Mi 6X oçib bergan. Qayd etilişiça, bu smartfonlar egalari köpinça displeydagi muammolardan şikoyat qilgan. Gizchina buning sababi kompaniya sifatsiz displeylardan foydalanganligida deb yozgan.

Redmi Note 9T, 9S va 9 Pro eng yomon barmoq izlari skaneriga ega smartfonlar sifatida röyxatdan joy oldi. Ma’lumot berilişiça, sifatsiz şleyf sababli bu smartfonlarda daktiloskopik skanerlar tezda işdan çiqqan. 

Ayrim Xiaomi Mi 8 egalari Wi-Fi-moduli notöğri işlaşi bilan boğliq muammolarga duç kelgan. Şikoyatlarga qaramasdan, bu xato töğrilanmagan. 

Röyxatdan şuningdek, 2020 yilda çiqarilgan Poco M3 ham joy oldi. Smartfon ma’lum muddat işlaganidan söng yonmay qolgan. 

Old kamerasi börtib çiqqan Xiaomi Mi9T va Redmi K20 ham işonçsiz telefonlar röyxatiga kiritildi. Qayd etilişiça, börtib çiqqani sababli kameralar keyinçalik işlamay qolgan. 

Xiaomi Mi 9 egalari kameradan 10 daqiqadan ortiq foydalangandan söng qurilma qizib ketişi bilan boğliq muammoga duç kelgan. Mazkur muammo bois uzoq davom etadigan videoqönğiroqlarni amalga oşirişning imkoni bölmagan.