Bir guruh keniyaliklar Britaniya hukumatini Inson huquqlari böyiça Yevropa sudiga berdi.

Keniyaning Keriço regionida yaşovçi aholi Buyuk Britaniyadan 200 milliard dollar kompensatsiya undirmoqçi.

Da’vo arizasida aytilişiça, 19 asrda ikki qabila a’zolari öz yerlaridan quvğin qilingan va bu yerlar çoy işlab çiqaruvçi kompaniyalarga berilgan. Ulardan tortib olingan yerlar hozirda transmilliy korporatsiyalarga tegişli va yiliga millionlab dollar foyda keltirmoqda. 

Şu sababli keniyaliklar mustamlakaçilik davrida çoy yetiştiriladigan yerlari egallab olingani uçun kompensatsiya oliş niyatida.

BMT ma’lumotlariga köra, 1963 yilgaça davom etgan Britaniya mustamlakaçiligi davrida Keriçoda yaşovçi yarim milliondan ortiq keniyaliklarning huquqlari poymol qilingan.

Keniya çoy eksport qiliş böyiça dunyodagi yetakçi davlatlardan hisoblanadi.