Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koreya O‘zbekistonda fuqarolarni favqulodda vaziyatlarga javob berishga o‘rgatish markazini quradi
O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligida Janubiy Koreya delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Mamlakatda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Koreya parlamenti qurilish va transport masalalari qo‘mitasi raisi Kim Du Gvan boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari Azizbek Latifjonov bilan uchrashdi, deya xabar bermoqda “Dunyo”.
Uchrashuvda Janubiy Koreya-O‘zbekiston biznes uyushmasi raisi birinchi o‘rinbosari Kim Chang Keon, TDC Co Ltd kompaniyasi prezidenti Choy In Chang va boshqalar Koreya yong‘in xavfsizligi assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda fuqarolarni yong‘in xavfsizligi va favqulodda vaziyatlarga javob berishga o‘rgatish uchun zamonaviy o‘quv markazi barpo etish loyihasi bo‘yicha ma’lumot berdi. Tomonlar ushbu loyihani amalga oshirish uchun davlat va xususiy sektorlari hamkorligi orqali faol yordam ko‘rsatishga kelishib oldi.
O‘zbekistonda fuqarolarni yong‘in xavfsizligi va favqulodda vaziyatlarga javob berishga o‘rgatish uchun zamonaviy o‘quv markazi qariyb 30 mln dollarlik to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiya hisobidan, taxminan 5 gektar maydonda barpo etiladi.
2022 yil iyun oyida O‘zbekistonga Janubiy Koreya tomonidan 8 dona maxsus o‘t o‘chirish avtomobili va tibbiy texnika, himoya vositalari va jihozlari beg‘araz yetkazib berildi. Avgust oyida ushbu uskunani ishlatish bo‘yicha Toshkent va Farg‘ona viloyatlari FVBda koreyalik mutaxassislar ishtirokida o‘quv kurslari tashkil etildi.
Mavzuga oid
10:43 / 14.05.2026
400 ming dollarlik firibgarlik: Koreya ish vizasi bilan bog‘liq holat fosh etildi
10:44 / 23.04.2026
Koreyada vafot etgan o‘zbekistonlik qiz haqida rasmiy bayonot berildi
10:59 / 10.04.2026
O‘zbekistonliklar o‘qish uchun eng ko‘p Rossiya va Koreyaga ketmoqda
12:50 / 02.02.2026