Misrlik jurnalist Omar Yosinning tvitterdagi sahifasida ma’lum qilişiça, Saudiya Arabistonining «An-Nasr» klubi Jaloliddin Maşaripovni keyingi yil 2 million dollarga sotiş şarti bilan Misrning «Al Ahli» klubiga ijaraga beriş böyiça kelişuvga erişgan. Qohira klubi futbolçining bir yillik ijarasi uçun Saudiya klubiga 600 ming dollar tölaşi, Maşaripovning özi esa Misr jamoasida yillik 1,5 million dollar maoş olişi aytilgan. 

Saudiyalik jurnalist Abdulaziz Az-Zamil esa Maşaripov «Al Ahli» bilan kelişuvga erişgani va bu haqda tez orada rasman e’lon qilinişini bildirgan. 

Kingfut.com naşrining qayd etişiça, «Al Ahli» bu yil Misr çempionatida çempionlikni asosiy raqobatçisi «Zamalek»ga boy bergaç, Afrika Çempionlar ligasi finalida esa Marokaşning «Vidad» klubiga mağlub bölib, 1992 yildan buyon ilk marta katta sovrinsiz qolgaç, Qohira klubi prezidenti Mahmud Al-Xatib tarkibni kuçaytirişga kirişgan va buni Maşaripovning ötişi masalasini hal qiliş bilan boşlagan.

Ma’lumot uçun, 2021 yil «Paxtakor»dan «An-Nasr»ga transfer qilingan 28 yoşli futbolçi yakunlangan mavsum Saudiya Arabistoni çempionatida 26ta öyinda 4 gol va 6ta assist mualliflik qilgan edi. 

«Al-Ahli» klubi Misr Premer-ligasida 31-turdan keyin 64 oçko bilan uçlikdan joy olgan. Klub çempionlikni «Zamalek»ga boy bergani oydinlaşgan. Misrda çempionat 31 avgust kuni yakuniga yetadi.

Eslatib ötamiz, Misrning eng köp karra çempioni «Al Ahli» Afrika Çempionlar ligasida ham eng köp – 10 marta ğoliblikni qölga kiritgan. Klub sönggi marta 2020/21 yil qit’ada tengsiz bölgan.