Prezident huzuridagi Biznes-ombudsman hukumat huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat inspeksiyasi va uning quyi tizimlarida örganişlar ötkazgan. Natijada 1044 ta holatda tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari buzilişiga yöl qöyilgani aniqlangan.
Biznes-ombudsman ofisining Kun.uz'ga ma’lum qilişiça, 815 ta holatda tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatida tekşiriş ötkaziş bilan boğliq qonunçilik talablari buzilgan.
Hududlar kesimida Jizzax (660 ta), Sirdaryo (28 ta), Andijon (27 ta), Farğona (20 ta), Samarqand (10 ta), Toşkent (8 ta), Buxoro (7 ta) va Xorazm (3 ta) viloyatlari hamda Qoraqalpoğiston Respublikasida (52 ta) bunday kamçiliklarga yöl qöyilgan.
Şuningdek, tadbirkorlik sub’yektlarining murojaatlarini körib çiqişda 198 ta holatda huquqbuzarliklarga yöl qöyilgan. Misol uçun:
Agrosanoat majmui ustidan nazorat inspeksiyasi Andijon viloyati Qörğontepa tumani bölimi katta inspektori Anorboy Xöjamberdiyev tomonidan tumandagi 14 ta fermer xöjaliklarining faoliyatida belgilangan tartibni buzgan holda tekşiruvlar ötkazilgan. Natijada A.Xöjamberdiyev Biznes-ombudsman devoni xodimlari tomonidan MJtKning 2412-moddasiga asosan ma’muriy javobgarlikka tortilib, unga nisbatan 10,8 million söm miqdorida jarima jazosi qöllanilgan.
Inspeksiyaning Sirdaryo tumani bölimi katta inspektori Davronbek Nurulayev tomonidan tekşiruv ötkaziş töğrisidagi buyruqda körsatilmagan şaxs bilan birgalikda 4 ta tadbirkorlik sub’yektining faoliyatida tekşiruv ötkazilgan. Undan taşqari, tekşiruvdan oldin tadbirkorlik sub’yekti tekşiriş dasturi bilan taniştirilmagan. Natijada, D.Nurulayev Biznes-ombudsman devoni xodimlari tomonidan MJtKning 2412-moddasiga asosan 10,8 million söm jarimaga tortilgan.












