Joriy yil 15-16 sentabr kunlari Samarqand şahrida muhim tadbir – Şanhay hamkorlik taşkilotining navbatdagi sammiti bölib ötadi. Şu munosabat bilan Samarqand şahridagi barça umuma’lim maktablarida darslar 20 sentabrdan boşlanişi mumkin.

Xalq ta’limi vazirligi matbuot kotibi Laylo Rustamovaning Kun.uz’ga ma’lum qilişiça Samarqand viloyati XTB tomonidan vazirlikka Samarqand şahridagi maktablarda öqişlarni keçroq boşlaşga rozilik yuzasidan xat yuborilgan. Hozirda vazirlik tomonidan bir neçta variantlar körib çiqilmoqda.

Ularga köra, Samarqand şahridagi maktablarda darslar 20 sentabrgaça onlayn körinişida ötkazilişi ham mumkin. Ikkinçi variantda, öquv yili boşlangaç 5-10 sentabr kunlari maktablarda darslar ötilib, sammit bölib ötadigan haftada darslar keçiktirilib, keyin 19 yoki 20 sentabrdan davom ettiriladi.

Avvalroq, Samarqand şahridagi oliy ta’lim muassasalarida darslar sentabr oxiridan boşlanişi ma’lum qilingandi.