Samarqand viloyati Bojxona boşqarmasi axborot xizmatining xabar berişiça, 2022 yil 29 aprel kuni “Jartepa” çegara bojxona postida “yaşil” yölak orqali harakatlanib, qöşni davlatga çiqib ketmoqçi bölgan xorijiy davlat fuqarosini bojxona xodimlari bojxona nazoratidan ötkazişgan.

Tekşiruv davomida çet ellik bojxona deklaratsiyasiga kiritmasdan, tanasining bel qismiga öragan holda, bojxona nazoratidan yaşirib, jami 207 944 280 söm ekvivalentidagi 18 600 AQŞ dollarini olib ketayotgani aniqlangan.

Holat yuzasidan sudning hukmi bilan Jinoyat kodeksining tegişli moddalariga muvofiq, sudlanuvçiga BHMning 100 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlangan.

Şuningdek, 18 600 AQŞ dollari davlat foydasiga musodara qilingan hamda sudlanuvçi 10 yil muddatga Özbekiston Respublikasi hududiga kirişi çeklangan.

Avvalroq, DXX Namangan viloyatida Özbekistondan 2 mln dollardan ortiq valutani olib çiqib ketayotganlarni uşlagandi.