Minsk şahrida Özbekiston boş vaziri örinbosari - investitsiyalar va taşqi savdo vaziri Jamşid Xöjayev Belarus boş vaziri örinbosari Pyotr Parxomçik bilan muzokaralar ötkazdi.
Özbekistonda maxsus toğ-kon va qişloq xöjaligi texnikalarini birgalikda işlab çiqarişni taşkil qiliş körib çiqildi. Muzokaralarni tezlaştiriş va loyihani amalga oşiriş böyiça işlab çiqilgan «Yöl xaritasi»ni tasdiqlaş kelişuviga erişildi.
Sanoat kooperatsiyasi va investitsiya hamkorligiga istiqbolli yönalişlar sifatida urğu berildi. Yangi loyihalarni amalga oşiriş muhokama qilindi.
«Energokomplekt» kompaniyasi bilan Toşkent viloyatida ötkazgiçli kabel mahsulotlar işlab çiqariş, «Plonar» kompaniyasi bilan diodlar işlab çiqariş va tajriba almaşiş, «Integral» kompaniyasi bilan mikroelektronika va mikroçiplar işlab çiqarişni taşkil etiş muhokama qilindi.
Muzokaralar jarayonida mebel sanoati sohasidagi hamkorlikka alohida töxtalib ötildi. Tomonlar kooperatsiya imkoniyatlarini örganişga hamda tahlil asosida qöşma investitsiya loyihalarini işlab çiqişga kelişib oldi.

















