Boğ 1932 yilda haşar yöli bilan qurilgan, köp yillar aholining sevimli maskani bölgan. Keyingi vaqtlarda boğ hududida qurilişlar böldi - Adiblar xiyoboni, Yozuvçilar uyuşmasi binosi, Toşkent şahar tarixi muzeyi, “Magic sity” köngiloçar markazi barpo etildi.
Prezident boğning tarixiy qiyofasini saqlab qoliş, bu yerda Milliy an’analarga xos muhit yaratiş zarurligini ta’kidlagan edi.

14 gektardan ziyod hududda işlar bajarildi. Ma’muriy bino, restoranlar qurilib, köpriklar va yölaklar yangilandi. Maydoni 40 ming kvadrat metr bölgan köl tiklandi. Suv sizib çiqmasligi va loyqalanmasligi uçun köl tubiga maxsus qoplamalar yotqizildi. Qirğoqlar tartibga keltirilib, çömiliş havzasi taşkil etildi. Mingdan ziyod daraxt, 200 mingga yaqin buta köçatlari ekildi.

Davlat rahbari şu yerda nuroniylar, adabiyot va san’at namoyandalari bilan suhbatlaşdi. Ularni Mustaqillik bayrami bilan tabriklab, boğning ahamiyati haqida gapirdi.
- Bugun şaharlarimizda bölayotgan özgarişlar yaxşi. Lekin qadriyatlarimizni e’zozlaş, xotira ham kerak. Ilgari bu boğ Toşkentning eng maşhur joyi bölgan, öziga xos ramzlaridan biriga aylangan. Odamlar bu yerga kelib sayr qilgan, ijodkorlar tabiatdan zavq, ilhom olgan. Talabalar, yoşlarning eng zavqli damlari şu yerda ötardi. Bu tarixni hozirgi kun bilan hamohang qilişimiz kerak, - dedi Şavkat Mirziyoyev.

Ma’lum qilinişiça, Milliy boğda mazmunli dam oliş uçun şaroitlar yaratilgan. Oila yoki döstlar davrasida sayr qiliş, ovqatlaniş, şaxmat-şaşka va tennis öynaş, velosiped haydaş mumkin.

- Hammamiz öşa maşhur kinolarimizdagi “Gözal Toşkent” kabi kuy-qöşiqlarni, hofizlarimiz ijro etgan aşulalarni yaxşi bilamiz, ular qalbimizdan çuqur joy olgan, - dedi Şavkat Mirziyoyev. - Şuning uçun bu boğda ana şunday taronalar doimo yangrab turişiga e’tibor berdik. Öylaymanki, bu yerda avvalgidek muşoiralar, konsertlar ötkaziş, yana kinolar oliş maqsadga muvofiq. Bular boğimizni yanada fayzli va tarovatli qiladi.













