Palm-Jumayra sun’iy orolida joylaşgan, Dubaydagi eng qimmat villaning egasi hindistonlik milliarder Mukeş Ambani hisoblanadi. Bu haqda Bloomberg öz manbalariga tayanib xabar berdi.

Manbalardan birining sözlariga köra, Ambaniga qaraşli Reliance Industries kompaniyasi villani 2022 yilda milliarderning kenja öğli Anant Ambani uçun sotib olgan. Uy sun’iy orolning şimoliy qismida joylaşgan bölib, 10ta yotoqxona, spa-markaz, yopiq va oçiq basseynlarga ega. Villa 80 mln dollarga sotib olingan.

Köçmas mulkni sotib oliş böyiça şartnoma maxfiy bölgan, uyga Reliance Industries bölimlaridan biri egalik qiladi, villani kompaniya top-menejyeri va Ambanining dösti Parimal Natvani boşqaradi.

Manbaning aytişiça, Ambani villani qayta jihozlaş va xavfsizligini ta’minlaş uçun «millionlab dollar» sarflamoqçi.

Ambanining asosiy qarorgohi Mumbaydagi 27 qavatli Antilia bölib, u uçta vertolyot maydonçasi, 168 avtomobil siğadigan turargoh, 50 örinli kinoteatr, ulkan bazm zaliga ega.

Mukeş Ambani — Hindistonning eng badavlat biznesmeni. U Forbes reytingida sakkizinçi örinda joylaşgan. Uning boyligi 94,8 mlrd dollarga teng.