2022/23 öquv yilida barça davlat OTMlarining barça bosqiç talabalari uçun tölov-kontrakt miqdorlari oşirilmaydi. Bu – prezident topşiriği, deya ma’lum qildi Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligi.

Vazirlik xabariga köra, istisno tariqasida, 2022/2023 öquv yili uçun barça bosqiçdagi talabalarning tölov-kontrakt asosida öqitiş qiymati miqdorlari davlat oliy ta’lim muassasalari, jumladan, moliyaviy mustaqillik berilgan OTMlarda ham, bazaviy tölov-kontrakt qiymati 2021/22 öquv yili uçun belgilangan miqdorlarda saqlab qolinadi.

Şu bilan birga, 2022/23 öquv yili tabaqalaştirilgan tölov-kontrakt miqdorlari ham ötgan öquv yili uçun belgilangan miqdorlarda özgarişsiz qoladi.