“Biz uç yil Özbekistonda, törtinçi va beşinçi kurslarni Krosnadar şahrida öqişimiz kerak edi. Bu yerga kelganimizdan söng bir qismimizni qabul qilib, qolganlarga rad javobini berişmoqda. Muammomiz şundaki, 30 avgust kuni bizni yotoqxonadan çiqarib yuborişadi. Boradigan joyimiz yöq. Hozir şartnomamiz bekor qilingan va sizlar bizning talabamiz hisoblanmaysizlar deyişyapti”, deya davlat rahbaridan yordam söraydi talabalardan biri.

“Stomatologiya va davolaş işlari fakulteti talabalari Rossiya Federatsiyasining Kuban şahrida jam bölib turibmiz. Bu yerda bizga qilinayotgan qöpol va dağal muomala insoniylikka umuman töğri kelmaydi. Bizni bu yerga aldov yöli bilan olib kelişdi. Farğona jamoat salomatligi tibbiyot instituti rektori Akmal Siddiqov hamişa biz bilan uçraşuvdan boş tortgan. Rossiyaga bizni aldov yöli bilan olib kelganidan söng faqatgina yigirma nafarimizni qabul qilib, qolganlarni öqişdan çetlaştirişga qaror qilişgan”, deydi boşqa bir talaba.

Videomurojaat mualliflarining aytişiça, rossiyadagi mas’ullar özbekistonlik talabalar tomonidan 3 yildan buyon tölab kelingan şartnoma pullarining bir sömi ham ularning hisobiga kelib tuşmagani, şu bois ikki davlat örtasida tuzilgan şartnoma bekor qilinganini ma’lum qilişgan.

Talabalarga köra, Farğona jamoat salomatligi tibbiyot institutida bir yillik öqiş narxi 3 ming dollarni taşkil etgan. Stomatologiya va davolaş işlari fakultetida öqiş 3+2 şaklidagi qöşma dastur asosida taşkil etilişi aytilgan. Ya’ni talabalar 3 yil Özbekistonda, 2 yil esa Rossiyada tahsil olişlari kerak bölgan.

Ma’lum bölişiça, Rossiyadagi oliy ta’lim muassasasida öqimasligi aniq bölib ulgurgan talabalar allaqaçon Farğona jamoat salomatligi tibbiyot instituti talabalari safidan çetlaştirib bölişgan.

Sönggi çora sifatida prezidentga murojaat yöllagan, Rossiyada sarson bölayotgan özbekistonlik talabalarning muammolari yuzasidan hozirgaça heç bir rasmiy idora bayonot bergani, munosabat bildirgani yöq.

Oliy Majlis Qonunçilik palatasi spikeri örinbosari Odiljon Tojiyev röy bergan hodisa yuzasidan Oliy ta’lim vaziri Abduqodir Toşqulov, Soğliqni saqlaş vaziri Behzod Musayev, Farğona jamoat salomatligi tibbiyot instituti rektori Akmal Siddiqov zudlik bilan izoh berişi kerakligini ta’kidlamoqda.

“Ijtimoiy tarmoqlarda Krasnodarda bölib turgan bir neça özbekistonlik yoşlarning Farğona jamoat salomatligi tibbiyot instituti vakillari tomonidan aldanib, hozir köçada qolib ketganligi haqidagi videomurojaatni men ham yuragim ezilib, dilxun bölib