Davlat rahbari mazkur majmua qurilişiga 2019 yil 20 noyabrda tamal toşi qöygan, ötgan yili dekabrda bunyodkorlik işlarini közdan keçirgan edi. Bugungi kunda 20, 22, 25 qavatli binolar va konferensiya zali qurib bitkazildi.

Poytaxt Mirzo Uluğbek tumanida joylaşgan Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki birinçi bölib ikki qavatli binoda oçilgan edi. Bugungi kunda osmonöpar majmuaga aylandi. IT-park rezidentlari, xizmatlar turi köpayib bormoqda. Joriy yil 6 oyida ular tomonidan 53 million dollarlik xizmatlar eksport qilingan. Yil yakunigaça bu körsatkiç 100 million dollardan oşişi kutilmoqda.

Davlat rahbari “Aloqabank” va “Özbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi binolaridagi şaroitlarni kirib kördi. Ular pastki qavatlarida mijozlarga xizmat körsatiş ofisi joylaşgan. Yuqori qavatlar IT korxonalar uçun möljallangan. Yertöla qismida 3 ming avtomobilga möljallangan 3 qavatli turargoh ham bor.

IT-parkda quriliş 2 bosqiçda olib borilmoqda. Bu yerda jami 17 ta imorat barpo etiladi. Sohadagi taşkilotlar, universitet, kovorking markazi özaro uzviy faoliyat olib boradi. Majmua hududida xizmat uylari, mehmonxona, kafe va restoranlar, dökonlar, sport maydoni, dam oliş joylari ham böladi.