Davlat test markazi joriy yil maktab bitiruvçilarining OTMlarga qabul körsatkiçlari statistikasini e’lon qildi. Röyxatda Navoiy viloyati bitiruvçilari 39,9 foizlik natija qayd etib, yetakçilik qilgan. OTMga öqişga kiriş uçun hujjat topşirgan 13 997 nafar navoiylik bitiruvçining 5 598 nafari talabalikka qabul qilingan.

Kuçli uçlikni Buxoro viloyati hamda Qoraqalpoğiston Respublikasi bitiruvçilari davom ettirgan. Buxorolik 23 778 nafar bitiruvçidan 9 139 nafari (38,4 foizi), qoraqalpoğistonlik 23 258 nafar bitiruvçidan esa 7 532 nafari (32,3 foiz) öqişga qabul qilingan.

Röyxatning quyi poğonalaridan Andijon (28 524 nafar bitiruvçidan 6 367 nafar, 22,3 foiz), Toşkent (32 601 nafar bitiruvçidan 7 228 nafar, 22,1 foiz) hamda Surxondaryo (32 534 nafar bitiruvçidan 6 633 nafari, 20,3 foiz) viloyatlari joy egallagan.

Tuman va şaharlar kesimida Navoiy viloyatining Zarafşon şahri bitiruvçilari eng yuqori natija körsatişgan. Şahardagi maktab bitiruvçilarining 956 nafaridan 462 nafari (48,3 foizi) talabalik baxtiga erişgan.