2021 yil 16 fevralda qabul qilingan "Xalqaro tijorat arbitraji to‘g‘risida"gi qonun bilan iqtisodiy sud vakolatiga 9 toifadagi arizalarni ko‘rib chiqish kiritilgan. 

"Xalqaro tijorat arbitraji to‘g‘risida"gi qonun qabul qilinishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi qonun loyihasi ishlab chiqilib, parlamentga kiritildi. Ushbu qonun 16 may kuni qabul qilindi.

Yangi qonun bilan Iqtisodiy protsessual kodeksida iqtisodiy sudlar tomonidan ko‘riladigan arbitraj muhokamasi bilan bog‘liq ishlar ro‘yxati belgilandi. Ular jumlasiga quyidagilar kiritildi:

  • arbitrni tayinlash, rad etish yoxud vakolatlari amal qilishini tugatish yoki arbitraj sudi yurisdiksiyasi masalasi yuzasidan qaror qabul qilish to‘g‘risidagi ishlar (taraflar arbitr shaxsi yoki arbitraj sudi vakolatlari bo‘yicha kelishuvga erishmaganda qo‘zg‘atiladi);
  • dalillarni olishga ko‘maklashish, da’voni ta’minlash chorasini ko‘rish yoki uni ijroga qaratish to‘g‘risidagi ishlar (arbitraj sudi faoliyatiga ko‘maklashish zarur bo‘lganda qo‘zg‘atiladi);
  • arbitraj hal qiluv qarorini bekor qilish yoki arbitraj hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish to‘g‘risidagi ishlar (taraflar arbitraj qaroridan norozi bo‘lganda yoki ushbu qaror ixtiyoriy ravishda ijro etilmaganda qo‘zg‘atiladi).

Arbitraj muhokamasida har doim bir taraf xorijiy davlat rezidenti bo‘lishini hamda chet elliklar bilan bog‘liq ishlarni ko‘rish uchun muayyan tajriba zarurligini inobatga olib, arbitraj muhokamasi bilan bog‘liq ishlar Qoraqalpog‘iston sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari tomonidan ko‘rilishi belgilandi.

Iqtisodiy protsessual kodeksiga sudlar tomonidan arbitraj muhokamasi bilan bog‘liq ishlarni ko‘rish tartibini belgilovchi alohida bob kiritildi. Unga ko‘ra:

iqtisodiy sud tomonidan ko‘riladigan arbitraj muhokamasi bilan bog‘liq ishlar aksariyati arbitraj sudi faoliyatiga taalluqli bo‘lgani sababli manfaatdor shaxslar arizalarni arbitraj joylashgan joydagi iqtisodiy sudga taqdim etishi;

arbitraj muhokamasi bilan bog‘liq ishlar ariza sudga kelib tushgan kundan e’tiboran 20 kunlik, da’voni ta’minlash chorasi bilan bog‘liq ishlar esa 1 kunlik muddatda ko‘rib chiqilishi;