Habi Leym tegişli videoni 31 avgust kuni Instagram akkauntida joylaştirdi. Video Youtube’da ham tarqaldi.

«Rahmat, Özbekiston», deydi Habi Leym. 

Içiga adras solingan qutida tiktokerga turli xil meva va sabzavotlar, jumladan olma, pomidor, rediska, qalampir, «Oq Husayni» navidagi uzum va boşqalar yuborilgan. Umuman, Özbekistonda yetiştiriladigan meva va sabzavotlar qutidan joy oldi. Posilka jönatişni kim uyuştirgani hozirça noma’lum. 

Şu yilning yozida italiyalik bloger Habi Leym dunyodagi eng maşhur tiktokerga aylangani ma’lum böldi. Hozirda uning 149,1 million obunaçisi bor. 

Habi Leym 2020 yilda Turindagi fabrikada pandemiya tufayli işlab çiqariş moliyaviy qiyinçiliklarga duç kelgani oqibatida işini yöqotganidan söng TikTok’ga video joylaştira boşlagan. 

Hozir bloger 22 yoşda, u parodiyali kliplarni sözsiz yozadi va maşhur layfxaklarni rad etib çiqadi. 

«Kontentimning eng qiziqarli qismi bu - sukunat. Ovozsiz komediya dunyoda hamma tuşunadigan tilda gapiradi», dedi Leym Vogue jurnaliga bergan intervyusida.