23 yoşli asli senegallik Habane Leym qisqa qilib aytganda «Habi» hozir qurollangan qöriqçilarni çetlab ötib, qimmatbaho narsalar bilan tölib-toşgan zamonaviy qasrga kirib boradi. Yöq, notöğri öylamang — TikTok’da eng köp obunaçiga ega italiyalik bloger jinoyat yöliga kirib ketmadi. 2019 yilda u Turindan uzoq bölmagan joyda zavodda avtomobil uçun filtrlarni yiğardi. Hozir esa örtaça oylik auditoriyasi 230 mln kişidan oşadigan kompyuter öyini — Fortnite’ning qahramoniga aylandi.
«Buni endi boşlaganimda odamlar menga boşqa yaxşiroq iş topişni aytişdi. Biroq men videolarni tasvirga olişni davom ettirdim. Çunki bu iş menga yoqardi, hatto videolarimni heç kim körmagan bölsa ham», — deya eslaydi Habi.

Hozir esa Habi Leym omma e’tibori markazida. U tarmoqlarda maşhur bölgan memlar, har xil videolar, kiçik hajmli parodiyalarni TikTok’ka joylaydi. Ba’zi işlarni murakkablaştirib yuboradiganlarning ustidan yengil kuladi. Leymning videolari koronavirus pandemiyasi vaqtida şuhrat qozondi. Öşandan beri uning roliklari TikTok’da 2,4 milliard «layk» yiğdi. Bu esa unga 162 mln obunaçi olib keldi. Instagram tarmoğida uning obunaçilari ayni damda qariyb 81 millionga yetdi.
U öz muxlislarini bir söz işlatmay, şunçaki yelka harakatlari va ma’noga töla nigohlari bilan yiğgan. Leym öz davrining Çarli Çapliniga aylandi. Uning videolari esa mamlakati, madaniyati, tilidan qat’i nazar millionlab, muxlislarga kayfiyat bağişlayapti.
2023 yilda Habi qator maşhurlar bilan videolarga olişga ulgurdi. Jumladan, aktyorlar Mett Deymon, kiçik Robert Dauni hamda Tom Kruz bilan.
Bundan taşqari, u futbol afsonalaridan biri Devid Bekhemdan penaltidan zarba berişni örganib, suğurta giganti State Farm’ning reklama kampaniyasida iştirok etdi.
State Farm marketing bölimi rahbari Elison Griffinga köra, kompaniyaning Habi bilan hamkorligi uzoq muddatga möljallangan. U brend uçun xavfsiz va özgaçaligi sabab tanlangan. Habi tuşgan reklama roligi TikTok’da 220 mln marta körilgan.
Leym uçun sukunat — oltin. Forbes hisob-kitoblariga köra, 2022 yil iyunidan beri Habi 16,5 mln dollar işlab olgan. U bu vaqt davomida Hugo Boss, Binance, QNB, Fortnite kabi brendlar bilan hamkorlik qilgan. Uning TikTok yoki Instagram’dagi reklama posti narxi ayni damda 750 ming dollarni taşkil qiladi. Öz mahsulotini reklama qilmoqçi bölgan brend avvalosi Habining imijiga töğri kelişi, şuningdek, butun oilaga manfaatli bölişi lozim.
















