«Özbekiston temir yöllari» aksiyadorlik jamiyati temiryöl yölovçilari uçun sodiqlik dasturi işga tuşirilganini ma’lum qildi.

Endi poyezd çiptalarini onlayn xarid qilişda mijozlar bonusli ball oladi. Tegişli imkoniyat chipta.railway.uz sayti yoki mobil ilovalarda taqdim etiladi.

Bonusdan foydalaniş uçun One ID tizimi orqali tizimda röyxatdan ötiş kerak - bu hisobni pasport ma’lumotlari bilan boğlaş imkonini beradi. Keyin yönaliş, sana va vaqtni tanlab, standart usulda chipta sotib oliş lozim. 

Yöl haqining 2 foizdagi ekvivalenti bonus ballarida (1 söm = 1 ball böyiça) bonus hisobiga ötkaziladi. Masalan, 100 000 sömlik chipta sotib olgani uçun yölovçiga 2000 ball beriladi. 

Yiğilgan ballar ma’lumotlari keyingi çiptalarni onlayn xarid qilişda körsatiladi. Mijoz yetarli miqdordagi ball töplaganida, ular keyingi sayohat hujjatini tölaş uçun işlatilişi mumkin.

Ta’kidlanişiça, «Özbekiston temir yöllari» içki turizm xarajatlarining bir qismini qoplaş dasturidagi iştiroki doirasida sodiqlik dasturini joriy qilmoqda.