Talabalar rektorning va’dalariga işonib, Rossiyaga yöl olişgani, u yerga borgaç esa Farğona jamoat salomatligi tibbiyot instituti va Kuban davlat tibbiyot universiteti örtasida tuzilgan şartnoma bekor bölganidan xabar topişganini aytişmoqda.

Rossiyaning Kuban davlat tibbiyot universiteti hamda Farğona jamoat salomatligi tibbiyot instituti örtasida tuzilgan şartnomaga köra, «Davolaş işi» fakulteti talabalari Özbekistonda va Rossiyada 3 yildan jami 6 yil, «Stomatologiya» fakulteti talabalari esa 3 yil Özbekistonda, 2 yil esa Rossiyada tahsil olişlari kerak bölgan.

Talabalarga Rossiyaga borgaç, imtihon olinişi, undan ötganlargina öqişni davom ettirişi haqida oldindan heç qanday ma’lumot berilmagan. Imtihonlar boşlangaç, bundan ajablangan talabalarning savollariga javoban mas’ullar bu şunçaki bilim darajasini tekşirib köriş uçun qilinayotgani, uning natijasi heç narsani hal qilmasligini aytişgan. Biroq ikki bosqiçli oğzaki imtihondan söng talabalarning bir qismi öqişda olib qolinib, qolganlarga javob berilişi ma’lum böladi.

Kuban davlat tibbiyot universiteti mas’ullari özbekistonlik yigit-qizlarni 1 sentabrgaça universitet yotoqxonasini tark etişlari kerakligi haqida ogohlantirgan. Şundan söng ular prezident nomiga videomurojaat yöllaşga majbur bölişadi.

Rossiyada murakkab ahvolga tuşib qolgan talabalar. Foto: YouTube

Videomurojaat ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgaç, Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligi Farğona jamoat salomatligi tibbiyot instituti ma’muriyati bergan xabarga tayanib, stomatologiya yönalişi 3-bosqiçni bitirgan talabalardan Kuban davlat tibbiyot universitetida olingan imtihon natijalariga köra 25 nafari belgilangan ballni olib, öqişni davom ettirişga tavsiya etilgani, qolgan 21 nafar talaba imtihondan öta olmaganini ma’lum qildi.

Şuningdek, vazirlik tomonidan Kun.uz'ga taqdim etilgan ma’lumotda institut imtihondan ötolmagan talabalarning Kursk davlat tibbiyot universitetida öqişini davom ettirişi, bunda kontrakt miqdori özgarmasligi va talabalarning boriş-keliş xarajatlari institut tomonidan qoplab berilişi qayd etilgandi.