Ramzan Qodirov Rosgvardiyada yuqori lavozimlardan birini egallaşi mumkin. Bu haqda «Meduza»ning Rossiya prezidenti administratsiyasiga yaqin manbasi xabar bergan.

Avvalroq Ramzan Qodirov özining Telegram-kanalida 15 yillik faoliyatidan keyin Çeçeniston rahbari lavozimidan ketişiga işora qilib videomarojaat joylagan, «haydab yuborişmaslaridan ketiş vaqti keldi» deb aytgandi.

Rossiya Federal harbiylar xizmati Rosgvardiya mamlakat içida qurol aylanmasi, şaxsiy qöriqlaş xizmatlarini nazorat qiliş va jamoat tartibini saqlaşda iştirok etuvçi kuçişlatar tuzilma hisoblanadi. Ayni damda Rosgvardiya rahbari Rossiya armiyasi generali Viktor Zolotov hisoblanadi. 4 kun avval Zolotov Rossiya prezidenti Putin qabulida bölgan va mudofaa vazirligi harbiylari bilan hamjihatlikda olib borilayotgan işlar haqida hisobot bergandi.

Oxirgi vaqtda Rossiya mudofaa vaziri Sergey Şoygu iste’foga çiqqani yoki Ukrainadagi Rossiya armiyasini boşqariş huquqidan mahrum bölgani haqida xabarlar köpaygan. Xususan, Britaniya razvedkasi bu haqda xabar tarqatgandi. Bu xabarlar fonida Rossiya kuçişlatar tuzilmalari yuqori lavozimlarida jiddiy özgariş bölişi haqida miş-mişlar ham paydo bölgandi.