Poytaxtdagi qator köçalar 10 balli tirbandliklarda qoldi. Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvçilarning noroziliklariga tölib-toşdi.

Fikr bildiruvçilar şaharda yurib bölmayotgani, jamoat transporti kam, noqulay va tiqilinç ekanini yozmoqda.

Ayrimlar farzandini maktabga kuzatib qöyiş uçun kelgan ota-onalar köçaning ikkinçi harakat qatnoviga ham maşinasini qöyib ketayotgani, yöl yuzidagi restoranlarda ötkazilayotgan nahorgi oşlar ham tirbandliklarga katta hissa qöşayotganini aytyapti.

"Yandeks" servisi mazkur xabar e’lon qilinayotgan ayni daqiqalarda ham (12:10 holatiga) Toşkentda 7 balli tirbandlik hukmronligini körsatmoqda.