Qaşqadaryo viloyati IIB axborot xizmatining xabar berişiça, 2022 yil 4 sentabr kuni soat 12:55 larda 4R -79 Qarşi-Çiroqçi-Şahrisabz avtomobil yölining Qamaşi tumani "Çim" MFY hududidan ötuvçi 41-42 kilometr oraliğida odam ölimi bilan boğliq yöl-transport hodisasi sodir bölgan.
Nexia-2 maşinasi özi bilan bir yönalişda yölning öng tomonidan velosipedda harakatlanib ketayotgan şaxsni urib yuborgan.
Oqibatda, velosiped boşqarib ketayotgan şaxs oğir tan jarohatlari olib, tuman şifoxonasida vafot etgan.
Qayd etilişiça, mazkur holat yuzasidan Qamaşi tuman IIB tergov bölimi tomonidan suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq, Qaşqadaryoda sodir bölgan YTHda Gentra bilan töqnaşgan Lacetti maşinasi va uning haydovçisi yonib ketgandi.
















