Ukraina qurolli kuçlari asosiy e’tiborni hamon rossiyalik harbiylarning ta’minot yöllari va qömondonlik punktlariga zarbalar berib, ularning jangovar ruhini zaiflaştirişga qaratmoqda. Mutaxassislar prognoz qilişiça, qarşi hujum sur’atlari kundan kunga keskin özgarişi, RF qurolli kuçlari va ittifoqçi kuçlar esa artilleriya va aviatsiya orqali kuçli hujumlar ötkazib, boy berilgan pozitsiyalarni qaytarib olişi mumkin.

Avvalroq Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy uçta aholi punkti ozod qilinganini ma’lum qilgandi — ularning ikkitasi mamlakat janubida va biri şarqda. ISW mutaxassislari rossiyalik harbiy muxbirlar va jurnalistlarning şu munosabat bilan bergan şarhlaridagi ohang özgarganiga e’tibor qaratdi va ukrain qöşinlari sezilarli yutuqlarga erişmoqda, degan xulosaga keldi.

Mavjud ma’lumotlarga köra, Ukraina qurolli kuçlarining 54- mexanizatsiyalaşgan brigadasi Lisiçansk — Seversk yönalişida ilgarilagan va Şimoliy Don böyida tepaliklardagi mustahkamlangan pozitsiyalarni egallagan. Şu bilan birga, ukrain rasmiy şaxslari harbiylar Xerson oblastidagi Visokopilya posyolkasida şifoxona binosiga ukrain bayroğini örnatayotgani aks etgan fotosuratni tarqatişmoqda. Hozirda bu regionda Xerson-Mikolayiv front çiziği böylab, jumladan Ingulets daryosi böyida hamda Dnepropetrovsk oblasti bilan çegara çiziğidan janubda pozitsion janglar ketmoqda. Şuningdek, Ukraina qurolli kuçlari Zaporijjya oblasti ğarbida Rossiya qöşinlari joylaştirilişini töxtatib qöyiş maqsadida özaro tutaşuv çiziğida lokal amaliyotlar ötkazayotgan bölişi mumkin.

Ukraina armiyasining Xerson oblastidagi qarşi hujumiga qaramay, Rossiya harbiylari Baxmutdan janub va şimoli-şarqdan quruqlik amaliyotlari ötkazişga, şuningdek Donetskdan şimol va janubi-şarqdan yuriş qilişga urinmoqda. Britaniya razvedkasining kunlik hisobotida Rossiya asosiy kuçlarini Donbassdagi yuriş uçun jamlagani, ammo qöşinlar haftasiga bir kilometrdan ortiq masofaga harakatlana olmayotgani aytilgan.

Harbiy ekspertlar hamon Rossiyaning Donetsk oblastini 15 sentabrga qadar töliq egallaş imkoniyatiga şubha bilan qaraşmoqda ⁠— Ukraina qurolli kuçlari Boş ştabiga köra, RF prezidenti Vladimir ⁠Putin öz buyruğida şu kunni belgilab bergan.

Ayni vaqtda Xerson oblastining deyarli butun hududi, Zaporijjya oblasti janubiy qismi, Mikolayiv va Xarkiv oblastlarining ma’lum bir hududi Rossiya qöşinlari nazoratida qolmoqda. Şarqda keng kölamli yuriş qilgan Rossiya armiyasi Azov dengizi sohilidan Qrimgaça bölgan 100 kilometr masofadagi quruqlik yölagi ustidan töliq nazorat örnatga. Rossiya Donetsk oblasti hududining yarmidan köp qismi va Luhansk oblastining deyarli butun hududini nazoratiga olgan.