Germaniyaning Lufthansa aviakompaniyasi uçuvçilari mehnat şaroitlarini yaxşilaş va iş haqini oşiriş böyiça muzokaralarda muvaffaqiyat qozonmagani uçun navbatdagi iş taşlaş ötkazmoqçi. «Aksinça da’volarga qaramay, Lufthansa hali biz bilan boğlanmadi va yangi taklif ham taqdim etmadi», deb xabar berdi Frankfurt-Mayndagi Vereinigung Cockpit (VC) uçuvçilar kasaba uyuşmasi 6 sentabr, seşanbaga ötar keçasi. 

Seşanba kuni muzokaralarning yana bir raundi bölib ötadi, deya ma’lum qildi VC vakili. Lufthansa «jiddiy taklif» bilan çorşanba kuni boşlanişi kerak bölgan ikki kunlik iş taşlaşning oldini olişi mumkin, dedi u.

Ötgan juma, 2 sentabr kuni Lufthansa uçuvçilari bir kunlik iş taşlaş uyuştirgandi, u Germaniyadan 800 dan ortiq reyslarning bekor qilinişiga olib keldi, holat 130 mingga yaqin yölovçiga ta’sir qildi. Lufthansa xabariga köra, aksiya natijasida kompaniya 32 million yevro zarar körgan. 

Kasaba uyuşmalari bu yil 5000 kapitan va birinçi uçuvçilarning iş haqini 5,5 foizga oşirişni va uning inflatsiya bilan avtomatik boğlanişini talab qilmoqda. Lufthansa bu talablarni haddan taşqari köp deb atadi va agar ular bajarilsa, kompaniyaning iş haqi va xodimlar uçun xarajatlari kelgusi ikki yil içida 40 foizdan köproq yoki 900 million yevroga oşişiga işora qildi. Bu, ta’kidlanişiça, mutlaqo qabul qilinişi mumkin emas.