Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda darsliklarni zinadan uloqtirib tarqatgan o‘qituvchi ishdan ketdi
Sinf rahbari o‘qituvchiga xos bo‘lmagan xislatda xatti-harakat qilgan, maktab direktori mas’uliyatsizlik qilib darsliklar va mashq daftarlari tarqatilish jarayonini nazoratga olmagan deb topilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatining Nurobod tumanidagi maktablardan birining o‘qituvchisi o‘quvchilarga kitob tarqatish uchun ularni otayotgani aks etgan video tarqaldi. Nurobod tumani hokimligi axborot xizmati ma’lumot berishicha, kitoblarni otgan o‘qituvchi ishdan olingan.
Nurobod tumani xalq ta’limi bo‘limi tomonidan tuzilgan ishchi guruh o‘rganishlariga ko‘ra, tumandagi 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 4-sinf rahbari Shohida G‘afforova maktab darsliklari va mashq daftarlarini o‘quvchilariga qo‘pol tarzda, o‘qituvchi etikasi va odob-axloq qoidalariga zid ravishda, sinfdan tashqari holatda tarqatganligi ma’lum bo‘lgan.
«O‘qituvchiga xos bo‘lmagan xislatda xatti-harakat qilganligi sababli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 4-d sinf rahbari Shohida G‘afforova bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi», — deyiladi xabarda.
Shuningdek, maktab darsliklari va mashq daftarlari tarqatilishini nazoratga olmagani va mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ygani sabab maktab direktori E.Hamrayev ham egallab turgan lavozimidan ozod qilingan.
Ma’lumot uchun, joriy yilda darslik kitoblarining ijara haqi keskin ko‘tarib yuborilgani ota-onalarning e’tiroziga sabab bo‘lgach, 5sentabr kuni prezident darslik va mashq daftarlarini bepul ijaraga berish haqida topishiriq bergandi.
Bundan tashqari, Shavkat Mirziyoyev maktablar qurilishi bo‘yicha hokimlarni qattiq tanqid qilgan. «290 ta maktabda qurilish-ta’mirlash ishlari nihoyasiga yetmagan. Shu viloyatlarga kelgusi yil maktab bo‘yicha pul berilmaydi. Hokim aybdor, deb hammaning o‘zi televizorda chiqadi: «Shuni bajarmaganimga men aybdorman», deb», degan prezident.
Mavzuga oid
18:37 / 02.05.2026
Farg‘ona va Surxondaryoda sel kuzatildi, Samarqandda ko‘chalarni suv bosdi
09:45 / 21.04.2026
Samarqandda mashinasozlik sanoat zonasi tashkil etiladi
10:35 / 20.04.2026
Samarqandda noqonuniy oltin ajratib olish faoliyatiga chek qo‘yildi
15:09 / 04.04.2026