6 sentabr kuni Xalq ta’limi vazirligi ötkazgan matbuot anjumanida maktab darsliklarida ötayotgan grammatik, imloviy xatolar masalasi kötarildi.
Kun.uz muxbiri ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan 10-sinf biologiya, 2-sinf özbek tili, 7-sinf özbek tili darsligida imloviy xatolar borligi, darsliklar saviyasi va sifati ustidan vazirlik nazorati qay darajada degan mazmunda vazirlik vakillariga murojaat qildi.
Xalq ta’limi vazirining birinçi örinbosari Usmon Şarifxöjayevning javob berişiça, darsliklarda ötkazib yuborilgan xatolarni ma’lum ma’noda ta’lim tizimiga tutilgan közgu desa ham böladi.
“Siz aytgan 10-sinf biologiya darsligida real kitobini qarasangiz, u yerda unaqa narsaning özi yöq. Kanaliga kirsangiz ham real beti körsatilgan. Yoki 2-sinf darsligining yarmi rusça yoki yarmi özbekça emas, bu birinçi beti çop etiliş tili uçun mos bölgan bet. Kitob tojik tilida bölgani uçun şunaqa ketgan, lekin birinçi muqovadagi beti tojik tilida. Aytmoqçi bölganim hamma narsaning haqiqiy yoki yöqligini körişimiz kerak.
Albatta, maktab darsliklarida xato bugun paydo bölmadi. 10 yil oldingi kitobni kötarsangiz ham, 5 yil oldingi kitobni kötarsangiz ham bor. Ular ham, hozirgilar ham ekspertizadan ötgan. Afsuski, bu ham ta’lim sifatining qandaydir bir aks-sadosi desak ham böladi. Buni ham ekspertlar köradi. Buning kengaşi bor. Bir yoki ikki odam darslikni tasdiqlab, qöl qöymaydi. Uni yozgan jamoadan taşqari ekspert kengaşi bor. Ekspert kengaşlari qöl qöyadi. Endi qandaydir xatolar ötgan bölsa, ularga nisbatan qanaqadir çoralar körilişi tabiiy bölişi mumkin”, – dedi xalq ta’limi vaziri örinbosari.
















