Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Temur Komilov bugun, 6 sentabr kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanidagi bayonoti yuzasidan qo‘shimcha izoh berdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Avvalroq xabar berilganidek, matbuot anjumanida maktab darsliklari ijarasi uchun ota-onalardan hozircha faqat shu yil uchun pul yig‘ilmasligi aniq ekani, keyingi yillar masalasi davlat budjeti to‘g‘risidagi qonunga bog‘liqligi aytilgandi.

Komilovning anjuman so‘ngida jurnalistlarga aytishicha, hukumat rasmiylari u bilan bog‘langan va ijara masalasi uzil-kesil hal bo‘lganini bildirgan. Ya’ni kelgusi yillarda ham maktab o‘qituvchilarini darsliklar va mashq daftarlari bilan ta’minlash to‘liq budjet mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Shu tariqa, buning uchun ota-onalardan boshqa pul yig‘ilmaydi.