Jon Sallivan turmuş örtoğining betobligi sababli AQŞ elçisi lavozimini tark etdi. U bu haqda Politico jurnalisti Naxal Tusiga ma’lum qildi.
Tusining yozişiça, Sallivanning turmuş örtoği Greys Rodriges ançadan buyon saraton kasalligiga çalingan bölib, oxirgi haftada uning ahvoli oğirlaşgan. 5 sentabr kuni Rodriges vafot etgan.
Jon Sallivan jurnalist bilan suhbatda uning ketişi Rossiyaning Ukrainadagi harbiy harakatlari yoki AQŞ prezidenti Jo Bayden ma’muriyatining siyosati bilan boğliq emasligini ta’kidlagan.
Sallivan 2019 yil dekabrida AQŞning Rossiyadagi elçisi etib tayinlangan edi.
Qayd etilişiça, Jon Sallivan Moskvani tark etgaç, qirq yillik davlat xizmatidagi faoliyatini yakunlaydi, bu davrda u AQŞning beşta prezidenti davrida işlagan va şu qatorda AQŞ davlat kotibi örinbosari, Adliya, Mudofaa va Savdo vazirliklarida yuqori lavozimlarni egallagan.
Elçi Sallivanning örniga yangi amaldor kelguniga qadar Elizabet Rud AQŞning Moskvadagi elçixonasida muvaqqat işlar vakili sifatida işlaydi.

















