Turkiya Ukraina va Rossiya bilan munosabatlarda muvozanatni uşlab turadi. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Belgradda serbiyalik hamkasbi Aleksandr Vuçiç bilan ötkazilgan qöşma matbuot anjumanida aytdi.
«Anqara Ukrainada öt oçiş tezroq töxtaşi tarafdori. Ammo hozirgi jarayon uruş tez orada tugamasligidan darak bermoqda», - dedi Turkiya rahbari.
Rossiyani jiddiy qabul qilmaydiganlar adaşadi, deb ta’kidladi Erdöğan.
U Ğarbning Ukrainadagi vaziyatga nisbatan yondaşuviga qöşilmasligini aytdi.
«Men Ğarbning pozitsiyasi xatoligini oçiqçasiga aytaman. Çunki Ğarbning harakatlari tomonlarni gij-gijlaşga asoslangan. Harbiy qöllab-quvvatlaş haqida gapirişadi. Ammo aslida, Ukrainaga Ğarbdagi zanglab yotgan qurollar va temir-tersaklar jönatilmoqda», - dedi Turkiya prezidenti.
«Hozirda tomonlardan biri ğalaba qozonadi deb ayta olasizmi? Yöq! Bu uruşda ğoliblar yöq, lekin mağlublar köp böladi», - deb ta’kidladi u.
Erdöğan Ğarbga gaz bermay qöygan Moskvaning javobiga e’tibor qaratdi.
«Rossiya gaz berişni töxtatdi, Yevropadagi narxlar esa kötarildi. Hozir Yevropa mamlakatlari birgalikda qişki mavsumdan çiqiş yölini izlayapti. Bu haqda nega avvalroq öylamadingiz? Zero muhim resurs Rossiyaning qölida. Buning örniga gaz omborlaridagi zaxiralarni tahlil qilişyapti», - dedi Turkiya prezidenti.
Avvalroq Rajab Toyyib Erdöğan Yevropadagi energetika inqiroziga izoh berarkan, «Yevropa ekkanini örayotgani»ni aytgandi.












